Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish


Download 31.02 Kb.
bet7/10
Sana20.11.2023
Hajmi31.02 Kb.
#1789179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-ma\'ruza. YTN 2023

75%
60%
20%
pilik uzilishlarining
shu jumladan, uzilishlar­ning
Tajriba shuni ko‘rsatdiki,
texnolo­gik jarayonning buzilishi bilan bog‘liq
old silindr bilan g‘altaklar oralig‘ida sodir bo‘ladi
esa mashinaning ravon harakatlanmasligidan kelib chiqadi
Pilik tarangligini ta’mirlashdan so‘ng va chiziqiy zichlik o‘zgargan vaqtda tekshiriladi. Taranglikni oddiy ko‘z bilan tekshirish usuli orqali ham tekshirish mumkin. Bunda oldingi silindrdan to rogulkagacha bo‘lgan masofada pilik holatiga qarab, yoki qo‘l bilan ushlab taranglik mashinadagi zmot va zzamk larga bog‘liq. Agar zmot noto‘g‘ri o‘rnatalgan bo‘lsa, g‘altakda birinchi qatlam o‘ralganda soxta cho‘zilish hosil bo‘ladi. Agar zsm zamkovaya (zxr deb ham yuritiladi) noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, unda g‘altakning o‘rtasida va og‘irida soxta cho‘zilish hosil bo‘ladi.
So‘ngra 10-14 ta bir xil g‘altak olinadi. Olingan g‘altakdan 2 tasi mashinaning oldingi va orqa qator urchuqlariga o‘rnatiladi. Mashina yurgizilib, 1 ta to‘liq qator ishlatiladi, qulfdan tovush chiqqach mashina to‘xtatiladi. Bu 2 ta g‘altak olinib, o‘rniga bo‘sh g‘altaklardan 2tasi o‘rnatiladi va mashina yurgiziladi. Bunda ham bitta to‘liq qator ishlagach mashina to‘xtatilib, yana 2 ta bo‘sh g‘altak qo‘yiladi. Bu o‘ralayotgan pilikda bo‘shashish hosil bo‘lguncha davom ettiriladi.
Pilik birinchi o‘ralayotgan vaqtda tarangligi juda kam miqdorda o‘zgaradi. Yo‘g‘on pilik 3 ta to‘liq qator o‘rnatilgach, o‘rtacha yo‘g‘onlikdagi pilik 4 ta to‘liq qator o‘ralgach, ingichka pilik 5 ta to‘liq qator o‘ralgach, bu g‘altaklar o‘rniga bo‘shi o‘rnatilsa, g‘altakka me’yor taranglikda o‘rash mumkin bo‘lmaydi. Oldingi silindrdan chiqayotgan momiq rogulkagacha ochilib qoladi. Agar yuqoridagi aytilgan jarayon boshqacha bo‘lsa, demak zmot noto‘g‘ri tanlangan bo‘ladi.
Pilikning tarangligi. Paxtadan olingan pilik juda nozik bo‘lib, unga 10—20 kN kuch bilan ta’sir qilinsa, u uziladi. Rogulkalar esa 500—1500 min-1 chastota bilan ishlaydi. Bunda juda katta markazdan qochirma kuch paydo bo‘lib, pilikni uzadi. Shuning uchun pilikni ehtiyotkorlik bilan pishitib, g‘altaklarga o‘rash katta ahamiyatga ega.
Rogulkalar qancha katta tezlik bilan aylansa, shunchalik katta markazdan qochirma kuch paydo bo‘lib, pilikni uzishga va rogulkaning shoxlarini egishga harakat qiladi.
Piliklash mashinalarining rogulkalari normal tezlikda ishlaganda ham rogulkalarning shoxlari markazdan qochirma kuch ta’sirida o‘zining dastlabki holatidan egiladi. Masalan, uning ichi bo‘sh qanoti 1-2 mm, butun qanoti esa 2-4 mm egiladi. Ammo bu egilish elastik deformatsiya chegarasidan oshmaydi. Agar tezlik taxminan ikki marta oshsa, u holda qoldiq deformatsiya hosil bo‘lib, qanotlarni ega boshlaydi. Eguvchi kuch ta’siriga panjacha ham duchor bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan markazdan qochirma kuch quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Formuladan ko‘rinib turibdiki, markazdan qochirma kuch rogulka qanotlarining massasi t,aylanish radiusi r ga va burchak tezligi ω ning kvadratiga to‘g‘ri proporsionaldir.

Download 31.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling