Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish
Pilikning sifatini texnik nazorat qilish usullari
Download 31.02 Kb.
|
10-ma\'ruza. YTN 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pilikning notekisligini tekshirish
Pilikning sifatini texnik nazorat qilish usullariPilikning sifatini texnik nazorat qilish usullariYuqori sifatli ip yigirish uchun pilik yuqori sifatli bo‘lishi kerak. Buning uchun esa piliklash mashinasining shaylanishi va sozlanishi, pilikning sifati muntazam ravishda tekshirib turilishi zarur. Piliklash mashinasida ishlayotgan operator uning ishi va holatini nazorat qilib turadi va mashina yomon ishlay boshlasa, bu holda darhol usta yordamchisiga xabar beradi, u esa o‘z vaqtida mashinani tuzatib, pilikning sifati yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pilikning chiziqiy zichligi, bir tekisligi, tarangligi va uzilishi laboratoriya hodimlari tomonidan muntazam ravishda tekshirib turiladi.Pilikning chiziqiy zichligi, bir tekisligi, tarangligi va uzilishi laboratoriya hodimlari tomonidan muntazam ravishda tekshirib turiladi.Piliklash mashinasidagi pilikning chiziqiy zichligi har kuni tekshiriladi. Buning uchun har bir mashinadagi ikkita g‘altakdan (old va orqa qatorlardan bittadan) pilik olinadi. Yo‘g‘on va o‘rtacha yo‘g‘onlikdagi piliklash mashinalaridan 12 ta, ingichka piliklash mashinasidan 16 ta 10 m uzunlikdagi pilik bo‘lagi motovilo yordamida qirqib olinadi. Qirqib olingan piliklarning chiziqiy zichligi elektron tarozi yordamida aniqlanadi. Agar bitta mashinadan olingan pilikning chiziqiy zichligini aniqlash kerak bo‘lsa, u holda mashinadan 4 ta g‘altak olinadi (ikkitasi old qator urchuqdan va ikkitasi orqa qator urchuqdan). Yo‘g‘on va o‘rtacha chiziqiy zichlikdagi piliklash mashinalaridan 3 ta, ingichka piliklash mashinasidan esa 4 ta 10 m uzunlikdagi pilik bo‘lagi motoviloda qirqib olinib, elektron tarozi yordamida ularning chiziqiy zichligi aniqlanadi. Pilikning notekisligini tekshirishPilikning notekisligini tekshirishPiliklash mashinalaridan chiqqan pilikning notekisligi har haftada tekshiriladi, saralanma yoki mashinaning shaylash ko‘rsatkichlari o‘zgargandagina tekshiriladi. Buning uchun bir xil pilik ishlayotgan mashinadan ikkita g‘altak (old va orqa qator urchuqlardan bittadan) olinadi va har bir g‘altakdan 100 tadan 10 metrli, hammasi bo‘lib 200 ta pilik bo‘lagi motoviloda qirqib olinadi. Qirqib olingan piliklarning har biri tarozida tortib ko‘riladi. So‘ngra amaldagi usullar bo‘yicha standart formulaga qo‘yib, notekisligi aniqlanadi. Qirqib olingan 3 sm li 200 ta pilik bo‘lagi elektron tarozida tortiladi, so‘ngra variatsiya koeffitsienti topiladi. Bu koeffitsient 3 sm li pilikning notekisligini ko‘rsatadi.Olingan ma’lumotlarni matematik statistika metodida ishlab, pilikning notekisligini ko‘rsatadigan variatsiya koeffitsienti aniqlanadi. Pilikning notekisligini 10 metrli pilik bo‘lagining uzunligi bo’yicha aniqlashdan tashqari, 3 sm li pilik bo‘lagining massasi va asbobdan olingan diagramma bo’yicha ham aniqlash mumkin. Download 31.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling