Ikkinchi guruhga geometrik tuzilishdagi notekislik quyidagi ko‘rinishlarga bo‘linadi: Ikkinchi guruhga geometrik tuzilishdagi notekislik quyidagi ko‘rinishlarga bo‘linadi:
Turli ko‘rinishdagi mahsulotning tuzilishli notekisligi va ularning xossalari bo‘yicha notekisligi turli xarakterga egadir. Xarakteriga bog‘liq holda mahsulotning tuzilishi va xossalarining o‘zgarish xarakteridagi notekisligi quyidagicha bo‘ladi: davriy, tasodifiy, funksional, ya’ni bir yoqlama o‘suvchi og‘ish (sifat ko‘rsatkichlari doimo oshadi yoki aksincha); mahalliy (tasodifiy, mahsulot chiziqiy zichligining birdaniga oshishi); birlashtirilgan (bir qancha turdagi notekislikning jami).
Qatlamligi, ya’ni bir turdagi va rangdagi tolalarning zich joylanishi bo‘lib, mahsulotning kesimi va butun uzunligi bo‘yicha o‘tadi. Bu notekislik ko‘rinishi har xil turdagi va rangdagi tolalardan piliklash mashinalarida olingan pilik ko‘rinishida hosil bo‘ladi.
Mahsulotning miqdoriy tuzilishi, ya’ni pilikdagi tolalarning ko‘p miqdorda tekislanish va to‘g‘rilanish darajasidagi ketma-ketlikdagi miqdoriy joylashishi tuzilishli notekisligi ko‘rinishida hosil bo‘ladi.
Tolalarning guruhlar bo‘yicha joylanishi, ya’ni turli guruhdan tolalar o‘lchami bo‘yicha tolalar qatlamining mahsulot kesimi va uzunligi bo‘yicha notekis joylanishi yigirish mahsulotlarining notekislik tuzilishi, qatlami, tarami va titish-savash mashinalararo va mashinalaridagi tola qatlami ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Guruhli joylashgan tolalarni cho‘zish paytida chiziqiy zichlik bo‘yicha yangi turdagi notekisliklarni keltirib chiqaradi.
Mahsulotning turli o‘lchami va xarakteri bo‘yicha notekisligi ishlab chiqarish
Mahsulotning turli o‘lchami va xarakteri bo‘yicha notekisligi ishlab chiqarish sharoiti va mashinalar tipiga bog‘liqdir. Notekislik quyidagicha farqlanadi:
-umumiy-barcha o‘ramdagi notekislik.
-ichki-ishlab chiqarishdagi o‘ramning ichki notekisligi;
-tashqi-barcha o‘ramdagi mahsulotning o‘rtacha qiymatlari orasidagi notekislik;
Bunday notekislikning bo‘linishi mashina ishchi qismlarida belgilanib, yuqori notekislikdagi mahsulot ishlab chiqariladi.
Chiziqiy zichlik bo’yicha notekislik-yigirilgan iplar va yigirish jarayonining boshqa mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlarini baholashda asosiylardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |