Ma’ruza. Pilikning chiziqiy zichligini aniqlash va nozorat qilish. Chiziqiy notekislik bo‘yicha me’yorlarini o’rganish


Download 31.02 Kb.
bet4/10
Sana20.11.2023
Hajmi31.02 Kb.
#1789179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-ma\'ruza. YTN 2023

Kvadratik notekislikni aniqlash

Kvadratik notekislikni aniqlash


Kvadratik notekislikni aniqlash uchun Uster tester asbobidan foydalaniladi. Pilikning notekisligini 3 sm li pilik bo’lagida va asbobda aniqlash laboratoriyaning vazifasiga kirib, korxona raxbarining buyrug‘iga asosan bajariladi. Notekislik asbobida aniqlansa, natija aniqroq bo‘ladi va bunga kam vaqt sarflanadi. 2.16-jadvalda notekislik me’yorlari va variatsiya koeffitsientlari berilgan.
2.16-jadval

Pilikning
turi

Har xil nav iplar olish uchun 10 m li pilik bo‘lagining notekislik meyori, % ko‘pi bilan

Variatsiya koeffitsienti, %

oliy nav
uchun

I nav uchun

II nav uchun

3 sm li pilik bo‘lagi uchun

Asbobdan olingan diagramma buyicha

Yo‘g‘on

1,4

1,8

2,3

8,0

10,0

O‘rtacha

1,6

2,1

2,6

8,5

11,0

Ingichka

1.8

2,3

2,8

9,0

12,0

Ishlab chiqarilgan pilik sifati 2.17-jadvalda keltirilgan Uster Statistics ko‘rsatkichlari bilan baholanishi kerak.

Ishlab chiqarilgan pilik sifati 2.17-jadvalda keltirilgan Uster Statistics ko‘rsatkichlari bilan baholanishi kerak.


Pilikning
chiziqiy zichligi, teks

Pilik noteksligini kichik kesmalarda
baholash, % (50% Uster Statistics)

Karda

Qayta tarash

300

6,7

4,2

400

6,5

4,1

500

6,4

4,1

600

6,3

4,0

700

6,2

4,0

800

6,1

4,0

2.17-jadval

Pilikning normal taranglikda o‘ralishi

Pilikning normal taranglikda o‘ralishi


Piliklash mashinasi unumli ishlashi uchun pilikning normal taranglikda o‘ralish ikkita ahamiyatga ega. Agar old silindr bilan rogulkaning uchi oralig‘ida pilik bo‘sh bo‘lsa, u rogulkaning uchida to‘planadi va unga o‘ralib, pilik uziladi. Agar shu oraliqda pilik juda tarang bo‘lsa, u rogulkaning panjachasida uziladi. Shuning uchun pilikning tarangligi oyiga bir marta korxonaning laboratoriyasida tekshirib turiladi. Odatda, pilikning tarangligi pilik g‘altaklarga o‘rala boshlaganda va o‘ralib bo‘lgandan keyin tekshiriladi.
Mashina ta’mirlanayotganda pilikning tarangligi va zich o‘ra­lishi albatta tekshiriladi. Bundan tashqari, laboratoriyada oyiga bir marta pilikning uzilishi tekshirib turiladi.
Bir oyda ikki marta old silindrning tezligi ham tekshirib turiladi. Silindrlar oralig‘i oyiga bir marta, almashtiriladigan shesternyalar esa oyiga ikki marta tekshirib turiladi. Buning natijasida yuqori sifatli pilik olinadi.
Mahsulotning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha tolalarning turi, rangi va boshqa xossalariga asosan notekislikning taqsimlanishi.Bu turdagi notekislikni baholash miqdori sektorial va radial notekislik, hamda tolaning migratsiya (ko‘chish) koeffitsientini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Download 31.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling