Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet22/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Gotfrid Vilgelm Leybnits (nemis olimi va faylasufi 1646-1716) substantsiya tushunchasiga faol kuch yoki «tashabbuskorlik» tamoyilini kiritgan. O’zining «Monadologiya» asarida u moddiy hodisalarni bo’linmas, sodda ma’naviy birliklar – monadalarning namoyon bo’lishi deb e’lon qilgan. Bo’linmas monada ko’lamlilik xususiyatiga ega emas va makonda joylashmaydi, chunki makon cheksiz darajada bo’linuvchandir. Monada – faol kuchning nomoddiy, ma’naviy markazi. Monadalar umrboqiy va yo’q bo’lmasdir, ular tabiiy yo’l bilan vujudga kelishi yoki halok bo’lishi mumkin emas. Ular tashqi ta’sir ostida ham o’zgarmaydi. Har qanday ayrim monada –jon va tananing birligi. Monada ma’naviy mohiyatining tashqi ifodasi sondir.
Leybnits falsafasida ratsionalizm va empirizmning uyg’unligi namoyon bo’ladi. «Inson aqli haqida yangi tajribalar» asarida u Lokkning ilgari sezgilarda mavjud bo’lmagan narsa aqlda mavjud emas, aqlning o’zi bundan mustasno, degan tezisini tanqid qiladi. Barcha haqiqatlarni u zaruriy haqiqatlar (aql haqiqatlari) va tasodifiy haqiqatlar (fakt haqiqatlari)ga ajratadi. Aql haqiqatlari qatoriga Leybnits substantsiya, borliq, sabab, harakat, ayniyat tushunchalarini, mantiq tamoyillari, matematika tamoyillari va axloqiy tamoyillarni kiritadi. Uning fikricha, bu haqiqatlar manbai faqat aqldir.
Jon Lokk (ingliz faylasufi 1632-1704) cubstantsiya tushunchasini tahlil qilishga nisbatan gnoseologik yondashuvga asos solgan. U g’oyalar va tushunchalarning manbai tashqi dunyo, moddiy narsalardir, degan tezisni isbotlashga harakat qilgan. Uning fikricha, moddiy jismlarga sof miqdor xususiyatlarigina xos. Materiya sifat jihatidan rang-barang emas: moddiy jismlar bir-biridan kattaligi, shakl-shamoyili, harakati va osoyishtaligi bilangina ajralib turadigan «birlamchi sifatlar»dir. «Ikkilamchi sifatlar» esa - hid, ovoz, rang, ta’m. Ular narsalar bilan uzviy bo’lib tuyuladi, lekin amalda bunday emas: narsalarda bunday sifatlar yo’q. Ular, Lokk fikriga ko’ra, sub’ektda «birlamchi sifatlar» ta’sirida vujudga keladi.
Bilish nazariyasida J.Lokk inson ongining mazmunini hissiy tajribadan keltirib chiqarishga harakat qilgan. Lokk sensualizmining noizchilligidan Berkli foydalangan va tashqi tajriba omilidan butunlay voz kechgan.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko’ra Lokk davlatning o’ziga xos quyidagi tamoyillarini ta’riflaydi: 1. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi tizimi; 2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari; 3. Ittifoq federativ hokimiyati. Ana shu tamoyillar uyg’un bo’lganida davlatning faoliyati samarali amalga oshadi.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling