Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet1/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari


2 – Mavzu: Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari:
Ma’ruza rejasi:

  1. Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.

  2. O’rta asrlar davri G’arb va Sharq falsafasi.

  3. Uyg’onish davri falsafasi.

  4. Yangi davr falsafasi.

  5. Eng yangi davr falsafasi. (XX – XXI asr).



Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
Qadimgi davr, mifologiya, din, “Veda”, upanishada, astika, nastika, daosizm, si, yan, in, Konfutsiy falsafasi, Lao Szi, Qadimgi Turon, zardushtiylik, “Avesto”, buddaviylik, Qadimgi yunon-rim, Milet maktabi, Suqrotgacha falsafa, Geraklit, Suqrot, Demokrit, Aflotun, Arastu, Ellin davri, o’rta asr, xristianlik, Avreliy Avgustin, apologetika, patristika, sxolastika, nominalizm, realizm, Foma Akvinskiy, o’rta asr, islom ilohiyoti, mutakallimlar, mutaziliylar, tasavvuf, Sharq renessansi, Sharq peripatetizmi, Markaziy Osiyo falsafasi, Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, gumanizm, ratsionalizm, panteizm, Temuriylar davri, A.Jomiy, A.Navoiy, gumanizm, XIX asr oxiri XX boshlari, istilochilik, uyg’onish harakatlari, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, G’arb Renessansi, gumanizm, tabiat falsafasi, ilk burjua inqiloblari, ilmiy inqilob, yangi davr falsafasi, metafizika, mexanitsizm, empirizm, ratsionalizm, metod, induktsiya, deduktsiya, substantsiya va uning moduslari, ma’rifat davri va falsafasi, nemis klassik falsafasi, eng yangi davr, neoklassik va noklassik yo’nalish, neotomizm, pozitivizm, neopozitivizm, mantikiy pozitivizm, lingvistik tahlil, konventsionalizm va fizikalizm, germenevtika, fenomenologiya, maxizm, pragmatizm, ekzistentsializm psixoanalitik oqim.
Kirish. Tarixni bilish, undan to’g’ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma’naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk muallim, o’tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Shu ma’noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro’y bergan xilma-xil voqea va xodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday g’oyalarning tug’ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta’limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko’rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon yetaklagani kabi xaqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug’ullanayotgan mutaxassis uchun ham, uni o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz to’g’ri tushunib bo’lmagani kabi, falsafani ham tarix xaqiqatisiz to’g’ri anglab bo’lmaydi.
Falsafiy bilimlar tarixini tahlil qilish zamon va makon kategoriyalari nuqtai nazaridan amalga oshirilmog’i lozim. Tarixiy-falsafiy jarayonni ana shu nuqtai nazardan o’rganar ekanmiz, uning turli davrlarini, bosqichlarini hamda hududiy yo’nalishlarini, mahalliy yoki milliy ko’rinishlarini farqlash imkonini beradi. Falsafaning tarixiy rivojlanishidagi quyidagi bosqichlarni qayd etish mumkin:

    1. Qadimgi (antik) davr falsafasi.

    2. O’rta asrlar falsafasi.

    3. Uyg’onish davri falsafasi.

    4. Yangi davr falsafasi.

    5. Eng yangi davr (XX – XXI asr) falsafasi.

Shuningdek, falsafiy bilimlar tarixidagi “Sharq falsafasi” va “G’arb falsafasi” singari hududiy yo’nalishlarni hamda “hind falsafasi”, “xitoy falsafasi”, “yunon falsafasi”, “rim falsafasi”, “arab falsafasi”, “ingliz falsafasi”, “frantsuz falsafasi”, “nemis falsafasi”, “Markaziy Osiyo falsafasi” va hokazo mahalliy-milliy ko’rinishlarni ham e’tirof etish mumkin.
Turli tarixiy davrlarda falsafiy danyoqarashning mohiyati, fundamental masalalari, tushunchalari va printsiplari saqlanib qolgan xolda, falsafiy fikr rivojidagi vorisiylik mavjud bo’lgani xolda, ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq ravishda falsafaning predmeti, vazifalari, hal etadigan muammolari o’zgarib borgan va turlicha talqin qilingan. Xususan, har bir davr falsafasi o’ziga tegishli jihatlariga ega: antik falsafaga kosmotsentrizm, o’rta asrlar falsafasiga – teotsentrizm, G’arb uyg’onish davri falsafasiga – antropotsentrizm, yangi davr falsafasiga – ko’proq metodologizm xosdir. Biz falsafiy fikr evolyutsiyasini ana shu xolatni xisobga olgan holda o’rganishimiz zarur.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling