Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet3/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o’z o’rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidxarta urug’idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo’lgan. Buddaviylik islomga qadar O’rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o’rin tutadi.
Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga to’g’ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha yetib kelmagan. Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O’rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning axloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga da’vat etuvchi g’oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Uchinchi bosqich. Bu davrda O’rta Osiyoda buddaviylik ta’limotining manbalari yoyilgan. To’rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O’rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan.
Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo’shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi - yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo’lgan. Ular o’rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo’lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529) va uning maslakdoshlari o’z qarashlarida halq ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun ham tez fursatda ularning maslakdoshlari, ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo’lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo’yish va o’ta kambag’allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho’chigan shoh Mazdakni turli hiylalar bilan o’limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. O’rta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambag’allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo’ladi.
Islomgacha bo’lgan davrda Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlarni anglab olishda M.Koshg’ariyning «Devoni lug’otit turk» hamda Yusuf xos Xojibning «Qutadg’u bilig» va Kaykovusning «Kobusnoma» kabi asarlari, Firdavsiyning «Shohnomasi» ma’lum darajada yordam beradi.
Markaziy Osiyo qadimiy madaniyat markazlaridan biri bo’lib, bu yerda ilm-fan, falsafa va ilohiyot rivojlangan, u jahon sivilizatsiyasi rivojida o’z o’rniga ega.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Umuman olganda, antik falsafa (dastlab yunon, so’ngra rim falsafasi) bir ming yillik davomida (milod.av. VI asrdan milodning VI asrigacha) rivojlanib bordi. U dastlab milod. av. VIII-VII asrlarda mifologiya zamirida shakllana boshlagan edi (afsonadan logosga o’tish tarzida). Bu vaqt oralig’ida u butun antik madaniyat singari o’zining quyidagi 4 bosqichini o’z ichiga oladi:


  1. Download 363.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling