Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet6/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

2-savol bayoni: O’rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan so’ng o’rta asrchilik falsafasi, ya’ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O’rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Yevropa falsafasida materializm o’rta asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan va madaniyatga kuchli ta’sir ko’rsatmagan. U sxolastikada realizm bilan bir qatorda paydo bo’lgan nominalistik falsafa ko’rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va hodisalar, so’ngra ularning in’ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin qilinuvchi umumiy tushunchalarda mavjud, degan g’oyadan kelib chiqqan. Ammo falsafani ilohiyotga qaram qilishga harakat qilgan din mafkuraning hukmron shakli sanalgan.
Gnostiklar. Bu davr falsafasida o’z o’rniga ega bo’lgan gnostitsizm eramizning 150 yillarida o’zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g’alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo’lib qolar edi va shunday bo’ldi ham. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o’rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o’rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Ilk o’rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo’lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi «himoya qilish», — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z asarlarida mushriklik (ko’p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti – patristika paydo bo’lgan. «Patristika»- so’zi «ota» («padre») so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Farbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo’lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko’pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo’llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
Farbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» (Blajenniy) degan unvonga sazovor bo’lgan Avreliy Avgustin (354-430) bo’lib hisoblanadi. Avgustin o’z hayotini yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag’ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o’sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig’inish» 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. Muqaddas kitob «Bibliya» oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g’oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»1dir. Xudo dunyoni yo’qlikdan yaratgan. Inson panoh topishining asosiy yo’li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya’ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan o’z-o’ziga bo’lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o’z-o’ziga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan Xudoga bo’lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud.
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o’zligini, uning ruhiy holatlarini o’rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go’daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo’rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo’rlik ishlatishdan davlat darajasida zo’rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o’tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg’onishiga sabab bo’ldi. Avgustin inson sub’ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig’ini insonning o’zligidan, inson tafakkurining o’z-o’zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o’zlikning rolini ko’rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o’z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi.
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o’zini Volter taklif qilgan bo’lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo’lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o’tmish – hozirgi davr – kelajakning o’zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o’tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo’lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl asarlarini o’rganish manbalaridan biri bo’lib xizmat qilgan. Plotinning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e’tiborini o’ziga tortgan.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling