Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Ulug’ mutafakkir va gumanist Abdurahmon Jomiy


Download 363.18 Kb.
bet14/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Ulug’ mutafakkir va gumanist Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Hirot yaqinidagi Xarjird qishlog’ida dunyoga keladi. Samarqandga kelganidan so’ng mutafakkir Qozi-zoda Rumiy va Xoja Ali Samarqandiyning geometriya, algebra va astronomiya bo’yicha ma’ruzalarini tinglaydi. Keyinchalik shoir shayx Sa’diddin Qoshg’ariyga shogird tushib, Naqshbandiylik tariqatini undan o’rgana boshlaydi va Naqshbandiylik sulukining ko’zga ko’ringan nazariyotchisiga aylanadi.
Jomiy qomusiy olim edi. U geometriya, astronomiya, kosmografiya, matematika fanlarini puxta o’zlashtirgan, arab tili, falsafa, ritorika, axloqshunoslik borasida yirik asralar yozgan edi. Allomaning muhim asarlari sirasiga «Bahoriston», «Sharxi ruboiyot», «Haft avrang», «Lavoih», «Nafahot ul-uns» va boshqalar kiradi.
Jomiy borliqni vahdati vujud ta’limoti asosida talqin qiladi. Uning tushuntirishicha, Xudo butun mavjudotlarning bosh sbaabchisi, ijodkoridir. U abadiy. Qolgan hamma narsa va hodisalar o’tkinchi va vaqtinchadir. Uning e’tiqodicha, Xudo yagona bo’lmaganda edi, dunyoda tartibsizlik hukm surar edi. Unda dunyo qonun asosida faoliyat ko’rsatmagan, tinchlik eshiklari ochilmagan bulur edi. Butun dunyo yo’qlikka aylanib, balki bu yo’qlikdan chiqaolmagan bo’lur edimi2.
Jomiy gumanistik ta’limotining markazida inson turadi. Shoir insonning bilish qobiliyati cheksiz ekanligini ta’kidladi, asarlarida shaxs erkinligi, adolat, sahovat, mehnatsevarlik, to’g’rilik, bilimdonlik haqida fikr yuritdi.
Ulug’ o’zbek shoiri, davlat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) Hirotda tavallud topadi. Maktabda u Xurosonning bo’lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan tahsil oladi. Shoir turli davrlarda Iroq, Mashhad va Samarqandda yashaydi. 1469 yili taxtga Husayn Boyqaro o’tirgandan so’ng, Navoiy Hirotga qaytib keladi. 1472 yili ul zot bosh vazir etib tayinlanadi. Navoiy vazirlik davrida shoiru olimlarga homiylik qiladi, jamg’argan boyligini ilm-fan, madaniyat va obodonchilik ishlariga sarflaydi, beva -bechora va muhtojlarga xayr-ehson qiladi, rabotlar, suv inshootlari, kasalxonalar qurdiradi, kanallar o’tkazadi.
She’riyat mulkining sultoni bo’lmish bu adib 30 ga yaqin asarlar muallifidir. Ular adabiyot, nasr va nazm, falsafa, axloqshunoslik, pedagogika, tilshunoslik, musiqa, nafosatshunoslik, tarix, tabiiy fanlar muammolariga bag’ishlangan. Navoiy asarlari jumlasiga «Xazoyinul-maoniy», «Devoni foniy», «Lisonut-tayr», «Majolis un-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Vaqfiya», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug’atayn», «Tarixi muluki Ajam» va boshqalar kiradi. Mutafakkirning shoh asari «Xamsa» besh dostondan iborat: «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor», «Xayrat ul-abror», «Farhod va Shirin» va «Saddi Iskandariy».
Navoiy falsafiy qarashlari vahdati-vujud va tasavvuf ta’limotiga asoslangan. Mutafakkir o’zining dunyoqarashida Olloh, tabiat va inson birligidan kelib chiqadi. Uning e’tiqodiga ko’ra, inson baxt-saodatiga bu dunyoda erishishi mumkin. Buning uchun u tinmay mehnat qilishi, kasb-hunar egallashi, tabiatning siru asrorini idrok qilishi, uning noz-ne’matlaridan foydalanishi darkor. Xudo, allomaning fikricha, borliqning, shu jumladan insonning yaratuvchisidir. Mavjudotlarning eng yaxshisi, a’losi va gultojisi insondir.
Navoiy buyuk insonparvar shoir edi. Ul zot asarlarining markazida inson va uning fazilatlarini kuylash turar edi. Uning aytishicha, odam o’zining aqli, qobiliyati, nutqi, xulq-odobi, ongli xatti-harakati, shirinsuhanligi bilan boshka tirik mavjudotlardan ajralib turadi.
Navoiy o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida hukmdorning faoliyatiga katta e’tibor berdi. U mamlakatni odil va ma’rifatli shoh boshkarishi lozim, deb hisoblaydi. Bunday hukmdor o’z qul ostidagilarga odilona munosabatda bo’lishi, ularga g’amxo’rlik qilishi lozim. Mutafakkirning gumanistik va umuminsoniy qarashlari tinchlik va urush masalasiga munosabatida yorqin namoyon bo’ladi. U butun umri davomida bosqinchilik urushlari va zo’ravonlikka qarshi kurashdi, xalqlarni tinch-totuv yashashga, do’stlikka da’vat etdi:
Mutafakkirning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan, uning adolat, ilm-fan, ma’rifat, kasb-hunarni egallash, ta’lim-tarbiya haqidagi g’oyalari hozirgi mustaqillik sharoitida ma’naviy-axloqiy yuksalishga xizmat qilmoqda.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling