Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


XVI – XVII asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr


Download 363.18 Kb.
bet15/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

XVI – XVII asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr. XVI – XVII asrlar markaziy Osiyo hayotida burilish davri bo’ldi. temuriylar hokimiyati Shayboniyxon tomonidan ag’darib tashlandi. Shayboniylar hukmronligi davrida markaziy davlat barpo qilishga urinib ko’rildi. So’ngra hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo’liga o’tdi. O’zaro feodal nizolari o’z cho’qqisiga chiqdi. Uch davlat tashkiloti paydo buladi – oldin Buxoro amirligi va Xiva xonligi, XVIII asrning oxirida esa – Qo’qon xonligi. Umuman XVI – XVII asrlardagi Mavoraunnahrdagi vaziyatni quyidagicha ta’riflash mumkin:
- Qachonlardir iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan mintaqa bo’lgan Markaziy Osiyo – yangi, kapitalistik ishlab chiqarish vositasiga asoslangan rivojlanish yo’lidan borayotgan Yevropa mamlakatlaridan orqada qola boshladi;
- ayni bir vaqtning o’zida, bir tomondan, markazlashishga bo’lgan tamoyil bilan bog’liq bo’lgan, ikkinchi tomondan esa, o’zaro urushlar ta’sirida shakllangan davlatlarning bo’linishlarining kuchayishiga sabab bo’lgan qarama-qarshi jarayonlar o’zaro mavjud edilar;
- markaziy davlat barpo qilish uchun olib borilgan kurash milliy davlatlarning irqiy tarixiy asosda shakllanish jarayonining, jumladan, Buxoro amirligining mohiyatiy tamoyillaridan birini ifoda qilar ediki, bunday intilish keyinchalik Rossiya tomonidan Markaziy Osiyoni bosib olinishi bilan barham topdi.
XVI asrdan boshlab Mavoraunnahrda falsafiy fikr ikki asosiy yo’nalishda rivojlanadi.
Birinchi yo’nalishMirzajon Sheroziy, Yusuf Qorabog’iy, Muxammad Sharif Buxoriy kabi mutafakkirlar va boshqalar ijodida o’z ifodasini topgan Mavoraunnahrning o’zidagi ijtimoiy-falsafiy fikr rivoji. Ikkinchi yo’nalish - Markaziy Osiyodan chiqib, Hindistonda ijod qilgan mutafakkirlar tomonidan rivojlantirilgan falsafa. Boburiylar imperiyasining uch yuz yil davomidagi mavjudligi Markaziy Osiyo va unga qo’shni bo’lgan boshqa mamlakatlar tarixida chuqur iz qoldirdi. Bobur davlatining jug’rofiy jihatdan alohida uzoq o’lkada joylashganligiga qaramasdan, uning ma’naviy hayoti hamisha Mrakaziy Osiyo madaniyatining bir qismi bo’lib qolaverdi. Negaki, u va uning vorislari bu madaniyatga taalluqli bo’lib, o’z faoliyatlarida ushbu madaniyat an’analarini rivojlantirishda davom etdilar.
Ibn Muxammadjon Yusuf al-Qorabog’iy Muhammad Shahiy (1563-1647) kelib chiqishi jihatidan Ozarbayjonlik edi. 1579 yili u o’n olti yoshida Shirvonga keladi, so’ngra Sherozga borib Habibullo Mirzajon Sheroziy al-Bonaviyga shogird tushadi. O’z ustozining ta’siri ostida Yusuf falsafa va ilohiyot ixtisosligi bo’yichka shugullana boshlaydi va bu sohadagi kiziqishlarini Markaziy Osiyoga olib keladi. Qorabog’iy avval Samarqandda, keyin Buxoroda dars beradi. Umrining so’nggi yilarida Qorabog’iy Buxorodan ikki kilometr narida joylashgan «Se pulon» degan joyda yashaydi va o’sha yerda vafot etadi.
Muhammad Sharif ibn Muhmamad al-Husayniy al-Alaviy al-Buxoriy (vaf. 1697) Buxoroda tavaalud topgan. Al-Mavloniy laqabi bilan mashhur. Bizgacha olimning o’n beshdan ko’proq asarlarining nomi, jumladan quyidagilar yetib kelgan:
Yusuf Qorabog’iy va Muhammad Sharif Buxoriylarning ijodi falsafaning ko’pgina muammolarini qamrab olgan. Barcha Sharq peripatetiklari kabi Qorabog’iy ham barcha mavjud narsalarni ikki turga bo’ladi: vojibul vujud va mumkin ul vujud yoki oddiygina zaruriy va imkoniy narsaga. Zaruriy narsa tushunchasi shundan bioratki, uning mohiyatiga nisbatan tashqida yotgan narsa hech qanday holatda ham yo’q bo’lishi mumkin emas. Imkoniy narsa – bu shundayki, uning mohiyati uchun tashqarida bo’lgan narsa har tomonlama borliq va yuqlik ham bo’lishi mumkin.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling