Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha ijtimoiy-falsafiy fikr


Download 363.18 Kb.
bet16/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha ijtimoiy-falsafiy fikr. Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) Hindistonning Azimobod shahrida tug’ildi. Uning hayoti va ijodi Boburiylar sulolasi hukmronligi davriga tug’ri keldi. Bedil ko’p asarlar yozib qoldirdi: «Chor unsur» («To’rt unsur»), «Nukot» («Askiya»), «Irfon» («ma’rifat»), “Ruboiyot” («Ruboiylar») va boshqalar. U panteistik aqidaga ega bo’lib, «Vahdati mavjud» - borliqning yagonaligi nuqtai nazarida turar edi. Barcha narsalar zaruriyat yuzasidan vujudga keladi.
Boborahim Mashrab (1657-1711) yirik o’zbek shoiri va mutafakkiri edi. U Namanganda tavallud topdi. U Qashg’ar, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qarshi va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida, Hindiston va Yaqin Sharqda bo’ldi.
Shoir qaerda bo’lmasin, dinning va tasavvufning asosiy qoidalariga to’g’ri kelmaydigan hatti-harakatlarini keskin tanqid ostiga olib, o’z she’rlarida ular ustidan kulganligi uchun ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchradi.
Mashrab hayotining so’nggi yillarida Balx shahriga (hozirgi Afg’onistonda) keladi. O’zining hur fikrligi va hukmron doiralarni tanqid qilganligi uchun 1711 yilda Balx hukmdori Mahmudxon farmoniga binoan qatl etiladi. Uning qabri Xonobod shahrining janubidagi Ishkoshim qishlog’idadir (Afg’oniston). Boborahim Mashrab katta ijodiy meros qoldirdi. Unga taalluqli «Mabdai nur» («Nur asosi») dostoni, «Devoni Mashrab» to’plami, ko’plab ruboiylar, g’azallar, muxammaslar, musaddaslar xalq orasida keng tarqalgan.
Maxtumquli (1733-1793) turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan talant sohibidir. O’z ilmini oshirish maqsadida u Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, o’zbek adabiyotining o’tmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishadi. U Turkistondagi shaharlardan tashqari Ozarbayjon, Eron, Afg’oniston, Hindistonga ham sayohat qilib, u yerdagi xalqlar turmushi bilan ham tanishadi. Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron folklori va adabiyotini chuqur o’rganadi. Nizomiy, Fuzuliy, Alisher Navoiy, Firdavsiy ijodidan bahramand bo’ladi. Maxtumquli, ayniqsa, o’zbek madaniyati tarixi bilan yaqindan tanishib, bir qancha liro - epik dostonlar, juda ko’p g’azallar yaratib, o’z davri hayotini, o’z xalqi urf-odatlari, o’tmish tarixini kuylaydi.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling