Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


O’rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari


Download 363.18 Kb.
bet9/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

O’rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari. XVI asrgacha G’arb va Sharq falsafiy tafakkuri har biri o’z yo’lida rivojlangan: arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning ta’siri Yevropa va Sharqiy Osiyodagidan kamroq bo’lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta’siri ancha kuchli bo’lsa-da, yevropadagidan ilg’orroq bo’lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o’z asarlarini antik davr mutafakkiri Demokritning atomlar haqidagi ta’limoti, Empedokl elementlari, Pifagor matematikasi, Platon g’oyalari, Aristotelning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta’sirida vujudga kelgan ilmiy-falsafiy an’ana ruhida yaratganlar.
VIII-XV asrlarda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida (shu jumladan Markaziy Osiyoda) dunyoviy madaniyat, ijtimoiy-falsafiy fikrlar o’z taraqqiyotining gullab yashnagan davrini kechirdi. Tarix dialektikasi shundan dalolat beradiki, Qadimgi davrda Sharq va G’arb mamlakatlarida, ayniqsa antik Yunoniston va Rimda madaniyat va falsafiy fikr sivilizatsiyasi yuksak bosqichga ko’tarilgan bo’lsa, qulchilikning yemirilishi bilan uning ilg’or madaniyati ham oyoq osti qilindi. Ammo Sharq mamlakatlarida, xususan O’rta Osiyoda qadimgi yunon va rim madaniyati o’z mavqeini, o’z vorisini topdi, taraqqiy etdi va yuksak bosqichga ko’tarildi. Bunga jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-manaviy hayotidagi o’zgarishlar sababdir.
Eramizning IV-VI asrlarida O’rta Osiyo va Eronda, VI-VII asrlarda esa Arabistonda quldorlik tuzumi yemirilib ilk feodal munosabatlari qaror topdi. Ikki-uch asr davomida Misrdan Xitoygacha bo’lgan hududni bosib olgan va yangi din- islom diniga asoslangan Arab halifaligi davlati tashkil topdi. Ilk o’rta asrlarda Arabiston yarim orolida islom dinining paydo bo’lishi va uning Yaqin hamda O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalishi jarayonida Arab halifaligida rivojlangan madaniyat vujudga keladi va u sharqshunoslikda «O’rta asr arab madaniyati» deb nom oldi. Aslida bu madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda arablar bilan bir qatorda Halifalik tarkibiga kirgan boshqa xalqlar, xususan O’rta Osiyo va Eron xalqlari ham katta hissa qo’shganlar. Shuning uchun bu madaniyatni «arab tilidagi madaniyat» yoki «Sharq xalqlari madaniyati» deb nomlash maquldir.
Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o’choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag’dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi.
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, yevklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o’rganildi. IX asr boshida Bag’dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o’rgandilar.
IX asrda boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka qaramlikdan xalos bo’lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mo’g’ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G’aznaviylar davlatlari paydo bo’lib, ular keyinchalik tor-mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo’lsa, XIII asrning 20-yillarida Xorazmiylar davlati mo’g’ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko’p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san’at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.
VIII-XV asrlar mobaynidagi Sharq xalqlarining madaniy-manaviy hayotida ikki qarama-qarshi yo’nalish mavjud edi:
1). Rasmiy islom va uning ilohiyot ilmi va falsafasi.
2). Dunyoviy ilmlar rivoji va ularga tayangan hamda inson aqlining qudratiga asoslanuvchi falsafa. Bu falsafaning rivojiga buyuk Sharq mutafakkirlari o’zlarining ilmiy va falsafiy asarlarida hurfikrlilik, insonparvarlik, ratsionalizm, panteizm talimotlari bilan salmoqli ulush qo’shdilar.
Islom falsafasi musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lmish Qur’onda bayon etilgan. Qur’on 114 suradan iborat bo’lib, suralar bir necha oyatlardan iboratdir. Islom falsafasi markazida xudo - Olloh haqidagi ta’limot yotadi. Olloh - yagona. Olloh o’zida yaratuvchi, harakatga keltiruvchi, olamshumul hakam va xaloskorni mujassam etadi. Qur’onda Olloh olam va undagi mavjudotlarni olti kun mobaynida yaratganligi haqida aytiladi. Osmon yetti qavatdan iborat bo’lib, xudoning taxti joylashgan arshi a’lo yetmish ming parda bilan o’ralgan. Bundan tashqari, Olloh jannat va jahannamni yaratgan.
Islom ta’limoti bo’yicha inson Xudo tomonidan yaratilgan va uning bandasidir. Olloh uni tuproqdan yaratgan. Odam Atoning qovurg’asidan esa Momo Havoni yaratgan. Odam Ato shaytonning izmiga kirib ahdga shak keltirgan.
Hazrati Muhammad vafotidan yigirma yil keyin xalifalikni boshqarish uchun kurash jarayonida Islomda uchta oqim yuzaga keldi: sunniylar, shialar va xorijiylar. Shialar Sunnatni tan olmagan ravishda o’zlarining sunnalarini - Axborni ishlab chiqishdi. Shialar «xulafoi roshidin»-choryorlar-Hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar, Hazrati Usmon va Hazrati Ali ichida faqat so’nggisini Alini tan olar edilar. Shialikning sunniylikdan bosh farqi shundaki, ular dunyoviy hokimiyatni tan olmaydilar.
Qur’onni dogmatik va huquqiy talqin qilish Qur’onni o’qish (ilm al qiroat) va Qur’onni sharhlash (ilm al tafsir) ilmlarining paydo bo’lishiga olib keldi. Xadislarni to’plash va talqin qilish jarayonida vujudgv kelgan va ilohiyot bilan qo’shilgan musulmon huquqi (fiqx) 4 boshlang’ich: a) Qur’on ko’rsatmalariga; b) rivoyat (xadislar)ga; v) eng obro’li va mashhur diniy arboblarning fikrlariga; g) analogiya bo’yicha xulosaga (qiyosga) asoslanadi. Sunniylik mazxabidagi 4ta asosiy ta’limot asoschilari Abu Hanifa (699-767), Molik ibn Anas (713-795), Ash Shafiy (767-819) va Ibn Xanbal (780-855) musulmon huquqi sohasida taniqli kishilar edilar.
VIII asrda turli mazxablarga qarshi kurash ehtiyoji hamda rasmiy islomning aqidaviy asoslarini himoya qilish zaruriyati tufayli islom ilohiyoti falsafasi – kalom ta’limoti paydo bo’ldi. Kalomning tarafdorlari – mutakallimlar, Imom G’azzoliy fikricha, sunniylar diniy g’oyalarini bid’atchilardan himoya qildilar, musulmon aqidalarini tozalash uchun kurashdilar. Bu ta’limot asoschilaridan biri arab ilohiyotchisi Al-Ashariy (873-935) edi. Mutakallimlar ta’limotida dunyoda xudo irodasi hukmron deb ta’kidlanib, tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi sababiy, zaruriy bog’lanishlar, har qanday qonuniyat, shuningdek, insonning irodaviy erkinligi tamoman rad etiladi. Kalom islomiy ilmlar tarkibiga kirib, vaqt o’tishi bilan musulmon mafkuraviy tizimining ajralmas qismiga aylandi. U tabiiy-ilmiy va ilg’or falsafiy fikrlarga batamom zid edi.
Ilk o’rta asrlar davrida keng tarqalgan oqimlardan biri – mutaziliylardir (arab.”mutazila” – ajralib chiqqan). Mutakallimlardan ajralib chiqqan mutaziliylarni ba’zi tadqiqotchilar islom mazxablaridan biri deb hisoblasa, boshqalari o’sha davr ijtimoiy-falsafiy fikri bo’lgan ratsionalistik yo’nalishning asoschilari deb ta’kidlaydilar. Mutaziliylar ta’limotining paydo bo’lishi xalq ommasining xalifalik hukmronligiga va islom aqidalariga qarshi kurashining kuchayishi, antik yunon falsafasining keng tarqalishi bilan bog’liq edi.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling