Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet7/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Sxolastika (yunon. sxole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to’la bog’liq bo’lgan o’rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o’rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o’g’il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o’rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma’noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to’g’risida so’z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo’ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g’oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi.
Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. Angelm o’zining ikki asari bilan mashhur. Birinchisi «Monopoliya» — xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko’p ne’matlardan foydalanadi. Angelmning ikkinchi asari «Prologion» xudo borligining deduktiv isbotidir.
Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g’oya mavjuddir. Bu g’oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo’lgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo’lmaganda edi, narsa komil bo’lmas edi. Agar xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, xudo reallikda mavjuddir.
Aristotel ta’limotining ko’p tomonlarini qabul qilgan o’rta asr sxolastlari mo’’tadil realistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar (1079-1142) va Foma Akvinskiylar bo’lgan. Abelyar — mo’’tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab xudo aqlida mavjuddir, undan keyin narsalarning o’zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g’oyani ilgari surgan. Ya’ni bilmaydigan, bilimsiz kishidan ko’ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o’rgangan kishi afzal. Bunday kishi aqidaparast emas, balki o’zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo’llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning fikricha, insonning o’limi xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni xudoga bo’lgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga ahloqiy ta’sir ko’rsatish maqsadida sodir bo’ladi. Bu bilan odamlar o’z hayotini xudoga bo’yso’ndiradilar. Bu qarash ahloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling