- PRIning birinchi standarti 1544 (yoki DS1) — 6 312 (yoki
- D S2) - 44736 (yoki D S3) - 274176 (yoki DS4) kbit/s (yaxlitlagan holda: 1 ,5 -6 -4 5 -2 7 4 Mbit/s) tezliklarning iyerarxik ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. Bunday ketma-ketlik quyidagi multipleksorlash koeffitsiyentlari qatori: DSO ning 24 signalidan DS1 signalini shakllantirish uchun n=24 ga, DS1 ning 4 signalidan
- DS2 signalini shakllantirish uchun m=4 ga, DS2 ning 7 signalidan
- DS3 signalini shakllantirish uchun I=7 ga va DS3 ning 6 signalidan
- DS4 signalini shakllantirish uchun k=6 ga to‘g‘ri keladi. PRIning
- ushbu standarti DSO (yoki ARK)ning 24,96,672 va 4032 kanalini
- tashkil qilishga imkon beradi
- PRIning ikkinchi standarti 1 544 kbit/s tezlikka ega bo‘lib, u 1 544 (yoki DS1) - 6 312 (yoki DS2) - 32 064 (yoki DSJ3) - 97 728 (yoki DSJ4) kbit/s ketma-ketligini (1 ,5 -6 -3 2 -9 8 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi. Ushbu standart uchun multipleksorlash koeffitsiyentlari tegishli ravishda n=24, m=4, I=5, k=3 ga teng. Bu iyerarxiya DSO (yoki ARK) ning 24, 96, 480 va 1440 kanallarini tashkil qilishga imkon beradi. Bu yerda DSJ3 va DSJ4 signallarini 3 va 4 sathli yapon PRIning raqamli kanallari (yoki oqimlari) deyiladi.
PRIning uchinchi va to‘rtinchi standarti - PRIning uchinchi standarti 2048 kbit/s tezlikka ega bo‘lib, u 2048 (yoki Y1: birlamchi raqamli kanal-oqim)—8448 (yoki Y2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim) - 34368 (yoki Y3: uchlamchi raqamli kanal-oqim) - 139264 (yoki Y4: to‘rtlamchi raqamli kanal-oqim) - 564992 (yoki Y5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2—8—34—140—565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi, bu n=30, m = I= k = 4 ga teng multipleksorlash koeffitsiyentlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu standart tegishli ravishda 30, 120, 480, 1920 va 7680 ARKni uzatishga imkon beradi, ular, odatda, IKM-30, KM-120, IKM-480 va 167 IKM-1920 raqamli uzatish tizimlari nomi bilan ataladi. Turli standartdagi PRI raqamli oqimlarni multipleksorlash sxemasi 5.4- rasmda ifodalangan
Do'stlaringiz bilan baham: |