Ma’ruza rejasi: XIX asr boshida R. Boylning ilmiy ishlari. M. V. Lomonosovning atom – molekulyar ta’limotni. Ingliz olimi J. Daltonning atomistik ta’limoti. Stexiometriya va uning fanga kiritilishi Ekvivalentlar qonuninini Tarkibning doimiylik


Download 46.5 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1777212
  1   2
Bog'liq
8-maruza KT


Atom-molekulyar ta’limot. Stexiometrik qonunlarning ochilishi.
Ma’ruza rejasi:
1. XIX asr boshida R. Boylning ilmiy ishlari.
2. M.V. Lomonosovning atom – molekulyar ta’limotni.
3. Ingliz olimi J.Daltonning atomistik ta’limoti.
4. Stexiometriya va uning fanga kiritilishi
5. Ekvivalentlar qonuninini
6. Tarkibning doimiylik qonuni.
Tayanch iboralar: R. Boyl, M.V. Lomonosov, atom – molekulyar ta’limot, J.Dalton, atomistik ta’limot, Stexiometriya, ekvivalentlar qonuni
tarkibning doimiylik qonuni,.karrali nisbatlar qonuni. A.Avogadro, gazlar hajmlari haqidagi qonun, elektrokimyoviy moyillik,Kimyoviy metrologiya.

Ma’ruza matni
XIX asr boshiga kelib R. Boyl kimyoni alkimyo, yatrokimyo va flogiston nazariyalaridan ozod qilib “Tarkib-xossa” konsepsiyasi asosida uni o’rganishga kirishdi. Bu esa o’z navbatida moddalarni sifatiy tekshirishlardan miqdoriy tekshirishlarga o’tishga olib keldi. Shu vaqtga kelib - 32 kimyoviy element ma’lum bo’lgan. Hamda moddalar massasining saqlanish qonuni taklif qilindi, suv va havoning tarkibi aniqlandi.
M.V. Lomonosov 1741 yilda atom – molekulyar ta’limotni quyidagicha ta’riflab berdi:
1. Moddalar korpuskulalardan (molekula) va elementlardan (atom) tashkil topgan.
2. Korpuskula va elementlar ma’lum hajm va og’irliklarga ega.
3. Korpuskula va element doimo harakatda bo’ladi, shuning uchun ularning issiqligi, temperaturasi har xil bo’ladi
4. Harakatning saqlanish prinsipi bo’ladi. Shuning uchun ular bir-biriga ta’sir qiladi.
5. Olov modda harakati natijasidir. R Boylning metallarning og’irliklari olovda qizdirilganda hosil bo’ladi degan fikrni noto’g’ri deb, u havo hisobiga oshadi deydi.
6. 1748 yilda M. V. Lomonosov “Moddalar massasining saqlanish qonunini"taklif qildi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni - reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalarning(d.m.) massasi yig’indisi reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarning(r.m.) massalarining yig’indisiga teng deb ifodalanadi. Bu qonunni matematik ifodasi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
 d.m =  r.m.
Moddalar massasini saqlanish qonuni kimyoviy jarayonlarni borish xarakterini moddalarning tarkibi miqdoriy analizini ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Bu ishlardan bexabar holda 1808 yilda ingliz olimi J.Dalton atomistik ta’limotni quyidagicha ta’rifladi:
1. Moddalar nihoyatda mayda zarrachalar – atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachalarga bo’linmaydi:
2. Har qaysi kimyoviy element faqat o’ziga xos “oddiy” atomlardan tuzilgan bo’lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o’ziga xos massa va o’lchamga ega:
3. Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning “oddiy” atomlari o’zaro aniq va o’zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, “murakkab” atomlarni hosil qiladi:
4. Faqat boshqa – boshqa xossalarga ega bo’lgan atomlar o’zaro birika oladi, bir elementning atomlari hyech qachon o’zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular bir biridan itarishadi.
Dalton bu nazariyasidan foydalanib, kimyoning asosiy qonunlarini izohlab berdi. U kimyoviy element tushunchasiga aniq ta’rif berdi: “kimyoviy element bir xil xossalar bilan tavsiflanadigan atomlar turidir”.
1803 yilda nisbiy atom massa tushunchasini fanga kiritdi va butun son bilan ifodalanishini aytdi..
Analitik kimyo kimyoning bir bo’lagi sifatida vujudga keldi.
Bular o’z navbatida kimyoviy elementlarning sifat va miqdor jihatdan birikishini tushuntiruvchi nazariy stexiometrik qonunlarning yaratilishi uchun xizmat qildi. Bu qonunlar “kimyoviy birikmalarni - mexanik aralashmalardan”, ”o’zgarmas tarkibli moddalarni esa o’zgaruvchan tarkibli moddalardan” ajratishga olib keldi. Stexio - so’zi grekchadan olingan bo’lib boshlang’ich degan ma’noni bildiradi. Stexiometriyani Rixter (Germaniya) 1793 yilda fanga kiritdi. Stexiometrik qonunlariga quyidagilar kiradi.
1. Ekvivalentlar qonunini
1689 yilda Gomberg V. kislota, ishqor, tuzlarning o’zaro ta’siri asosida o’rgana boshlaydi. 1768 yil G.Kavendish kislota va ishqorlar bir-biri bilan ekvivalent holda reaksiyaga kirishishini ko’rsatdi.
1777 yil K. Vensel kislota va asoslar bir-biri bilan ma’lum bir nisbatda birikishini aytadi.
Nemis olimi Rixter(G.Ye.Fisher 1802-06) neytrallanish reaksiyasining miqdoriy hisoblarini, ularning nisbatlarini, ekvivalent miqdorini va shular asosida tuzlarning tarkibini aniqlab proporsional sonlar jadvalini yaratdi. 1793 yilda “Kimyodagi yangi savollar” va “Stexiometriyaning boshlanishi” asarlarini yozdi. Bularda, asosan normal va o’rta tuzlar, ularning hosil bo’lishdagi sifat va miqdor o’zgarishlarini ko’rsatdi.. Ular taklif qilgan qonun “Elementlarning bir-biri bilan birikishi va o’rin almashishi ekvivalentlariga proporsional bo’ladi” deb ifodalandi. Lekin ekvivalentning ma’nosi noma’lumligicha qoldi.
Moddalar o’zaro ma’lum massa miqdorlarida birikadi. Masalan, 49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaksiyaga kirishganida 1 g vodorod ajralib chiqadi. Sulfat kislotaning o’rniga 36,5 g xlorid kislota olinsa ham o’shancha vodorod ajralib chiqadi. Ruxning o’rniga alyuminiy olsak, 1 g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g. alyuminiy kerak bo’ladi. Demak kimyoviy jihatdan qaraganda 49 g sulfat kislotaning «qiymati» 36,5 g xlorid kislota «qiymatiga», 32,5 g ruxning «qiymati» esa 9 g alyuminiy qiymatiga tengdir. Bunday misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Bu holni tasvirlash uchun Vollaston 1814 yilda kimyoga ekvivalent («teng qiymatli») degan tushunchani kiritdi. Vodorodning ekvivalenti 1 ga teng deb qabul qilindi, 1 massa qism vodorod 8 massa qism kislorod bilan birikkanda suv hosil bo’ladi, shuning uchun kislorodning ekvivalenti 8 ga teng.
Elementning bir massa qism vodorod, sakkiz massa qism kislorod bilan birika oladigan yoki shularga almashina oladigan miqdori uning kimyoviy ekvivalenti deb ataladi. Masalan, kalsiyning ekvivalenti 20 ga teng, chunki 8 g kislorod 20 g kalsiy bilan qoldiqsiz birikib, 28 g kalsiy oksid hosil qiladi.
Murakkab moddaning bir ekvivalent (1 massa qism) vodorod yoki bir ekvivalent (8 massa qism) kislorod bilan yoxud, umuman, boshqa har qanday elementning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan massa miqdori shu murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi. Yoki ekvivalent deb kislota asosli reaksiyalarda bir vodorod ioniga, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida 1 elektronga to’g’ri keladigan modda miqdoriga aytiladi Ekvivalentlar qonuni quyidagicha ta’riflanadi. Elementlar bir – biri bilan o’zining ekvivalentiga proporsional miqdorda birikadi ya’ni reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi ularning ekvivalentiga to’g’ri proporsional bo’ladi:

Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling