3-mavzu: Alkimyo davri. Reja


Download 479.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.11.2023
Hajmi479.81 Kb.
#1750790
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU. Alkimyo davri.




3-MAVZU: Alkimyo davri. 
Reja: 
1. Alkimyoning kеlib chiqishi va o‘ziga xos tomonlari. Albеrt Vеlikiy yunon-misr 
alkimyosi. Parasels nazariyasi. 
2. Arab alkimyosi. Sharq alkimyosi va uning engmashhur namoyondalari. Buyuk Shark 
va Markaziy Osiyoda mutafakkir vafaylasuf olimlarning namoyondalari va ularning 
kimyo soxasidagi ishlari 
3. G`arb (Evropa) alkimyosi va u davrda erishilgan natijalar va yutuqlar 
4. Alkimyoning tugallanishi.
Tayanch iboralar: Alkimyo, yunon-misr alkimyosi, Parasels nazariyasi, Arab alkimyosi, 
Sharq alkimyosi, Jobir ibn Xayyom, Kindiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Roziy, Abu 
Rayxon Bеruniy, AbuAli ibn Sino, Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abdul-Abbos 
Fargoniy, G`arb alkimyosi, alembic (haydash kubi), alkali(ishqor), alcohol (spirt), 
carboy (shisha idish), narhta (ligroin),bzircon (sirkoniy) va hokazo. 
Alximiya (Aleksandriya). Aleksand Makedonskiy (er.av. 323y.) ning o`limidan 
keyin, uning ulkan imperiyasi parchalanib ketdi, biroq greklarning ta’siri oldingidek, 
Yaqin va O`rta Sharqning keng hududlarigacha tarqalgan edi. Keyingi bir necha asrlar 
(“ellin davri”) bu viloyatlarda madaniyatning ko`chishi sodir bo`layotgan edi. Aleksandr 
Makedonskiyning bosh qumondonlaridan biri Ptolomey-Soter Misrda joylashib oldi. 
Davlatning poytaxti Aleksandriya shahrida Ptolomey “Museyon” muz ehromiga asos 
soldi, uning qoshida eng boy kutubxona tashkil qilingan edi.
Ioniya maktabining qadimgi grek faylasuflari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen, 
Geraklit) butun borliqning birligi haqidagi g`oyani ilgari surish bilan birga, shu vaqtning 
o`zida din bilan tabiatni bilishni ajratishar edi.
Misrliklar esa amaliy ximiyani juda puxta egallagan bo`lishlariga qaramasdan, uni 
bilimlarning mustaqil sohasiga ajratishmas edi. Ximiya qadimgi Misrda kohinlarning 
“ilohiy sirli san’ati” ga kirar edi. Nodir toshlarga ishlov berish va bu toshlarning 
yasamasini yasash, murdalarni mumiyolashtirish va boshqa umuman olganda, mutlaqo 
sirli bo`lmagan operatsiyalar duolar va kalimalar yordamida amalga oshirilar edi. 
Ximiyaning xudosi deb, misrliklar qo`shboshli xudo – Ozirisni hisoblashar edi. 
Misrliklarning amaliy ximiyadan bilgan bilimlari greklarni lol qoldirdi, va ularning aniq 
bilimlarini qabul qila turib, ularning mistik tasavvurlarini ham qabul qilishdi. (Ular 
hattoki greklarning xudosi Germesni Oziris bilan o`xshatishdi). Shuning uchun 
misrliklarning amaliy ximiyasi bilan greklarning naturfilosofiyasining birikishi, umuman 
olganda, samara bermadi.
Qadimgi davrda khemeia san’ati din bilan qattiq bog`langan bo`lsada, oddiy halq 
bu san’at bilan shug`ullanganlardan qo`rqishar edi. Ularga “ximiklar” sirli san’at va 
havfli bilimlarni egallagan bo`lib ko`rinar edi. Ya’ni to`g`risini aytganda, qo`rquv 
khemeia bilan shug`ullanuvchilarni, o`zlarining yozma fikrlarini sirli belgilar bilan
bayon qilishga majbur edardi. Bu esa yanada sirlilik tuyg`usini kuchaytirardi.
O`sha davrda doimo o`zining joyini o`zgartiradigan va shuning uchun ham 
“planeta” (“sayr qiluvchi yulduzlar”) deb nomlangan yettita koinot jismlari ma’lum edi. 
Shuningdek, yettita metall: oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo`rg`oshin va simob ham 
ma’lum edi. Shundan keyin nima uchun ularni juftliklarga ajratmas ekanmiz? deb, aynan 
shunda oltinni quyosh bilan, kumushni Oy bilan, misni Venera bilan va h.k. taqqoslash 
mumkinku. Simob Merkuriy planetasining nomidan kelib chiqqan, chunki simob - bu 



metallning zamonaviy nomi, qadimgilar esa simobni - hydrargyrum, ya’ni “suyuq 
kumush”, deb atashardi. Kimyoviy o`zgarishlar mifologik tasavvurlar bilan 
tushuntirilardi. Bu tasavvurlarning ta’siri bugungi kunda ham seziladi.
Ximiya tilining u yoki bu xildagi noaniqligi ikkita salbiy oqibatlarga ega edi. 
Birinchidan, u rivojlanish (progress)ga to`sqinlik qilar edi. Chunki bu sohada ishlaydigan 
har bir inson noaniqlikda bo`lib hamkasblari nima bilan shug`ullanayotganligidan 
bexabar edi. Ikkinchidan, har qanday ko`zbo`yamachi yoki yolg`onchi, noto`g`ri 
tushuntirish berish sharti bilan o`zini jiddiy olim qilib ko`rsatishga urinar edi. Olimni 
ko`zbo`yamachidan ajratish ancha mushkul edi.
Ismi bizgacha yetib kelgan, grek-misr khemeiasining birinchi vakili Bolos 
(er.av.200y yaqin) Nil deltasi yonidagi Mendedan edi. Bolos o`zining ishlarida 
Demokritning ismidan foydalangan, shuning uchun uni «Bolos-Demokrit» yoki ayrim 
holatlarda “Psevdo-Demokrit” deb aytishadi. Bolos o`zini khemeiada o`sha davrda eng 
muhim bo`lgan masalalardan biri - bir metallni boshqasiga aylantirish va shuningdek
qo`rg`oshin yoki temirni oltinga aylantirish (transmutatsiya)ga bag`ishladi. 
To`rtta element haqidagi nazariyaga muvofiq, Yerdagi turli xil moddalar 
elementlarning tabiatiga qarab ajratilgan. Bu gipotezani, atomistik nazariyaga 
bog`lamasdan qabul qilish mumkin, Chunki elementlar atomlar kabi yoki bir jinsli 
moddalar kabi aralashib ketishi mumkin edi. Xaqiqatdan ham, elementlarning o`zlari bir-
birining o`rnini bosishi haqidagi farazlar, asossiz emas edi. Suv bug`langanda havoga 
aylanishini , u esa o`z navbatida, yomg`ir yoqqanda suvga aylanishini haqiqatga to`g`ri 
keladi, deb yo`l qo`yish mumkin edi. 
Yuz yillar davomida kimyogarlar oltin olish usullarini ishtiyoq bilan topishga 
harakat qilganlar. Bolos o`zining ishlarida oltin olish usulini mukammal ta’riflab 
yozgan, uning bu ishlari ko`zbo`yamachilik emas edi. Masalan, misni ruh metali bilan 
eritib, sariq rangli qotishma – latun olish mumkin edi. Kadimgi tadqiqotchilar uchun, 
oltin rangidagi metallni olish, oltinni olish degan tushuncha bo`lgan edi.
Ammo qadimgi Rim davrida grek madaniyatining qo`lashi, khemeia san’atiga o`z 
ta’sirini ko`rsatdi. Eramizdan avvalgi 100 y. dan keyin qadimgi bilimlarga yangilari 
deyarli qo`shilmadi, biroq eski mualliflarning ishlari mistiq ruhda tez-tez 
tushuntiriladigan bo`lib qolgandi. 
Masalan, 300 yilda misrlik Zosima 28 kitobdan iborat bo`lgan entsiklopediya yozdi. 
Bu entsiklopediya khemeiadan to`plangan, o`tib ketgan besh yoki olti asr oldin yig`ilgan, 
barcha bilimlarni qamrab olgan edi. Bu entsiklopediyaning qiymati unchalik yuqori 
emas edi. Albatta, unda ko`pgina qiziqarli ma’lumotlarni topish mumkin edi, masalan, 
qisman mishyak haqida. 
Zosima qo`rg`oshin atsetat olish usulini bayon qilgan: u bu zaharli birikma shirinroq 
ta’mga (“qo`rg`oshli shakar” nomi bizgacha ham yetib kelgan) ega, deb aytgan. 
Qo`rquv khemeiaga hal qiluvchi zarba berdi. Rim imperatori Diokletian oltin 
olishning arzon usuli, qo`layetgan imperiyaning iqtisodiyotini yanada kasodga uchratadi, 
deb qo`rqardi. U khemeiadan qilingan ishlarni yo`q qilishni buyurdi, bu esa, bizgacha bu 
ishlarning oz qismi yetib kelishining sabablaridan biridir.
Boshqa sababi esa, xristianlik dinining tarqalishi bo`ldi. khemeia san’ati qadimgi 
misr dini bilan qattiq bog`langanligi uchun, u ayniqsa shubhali bo`lib ko`rinardi, tez 
orada esa umuman mahfiy bo`lib qoldi. 
Qadimgi Rim, qadimgi grek madaniyatidan butunlay orqada qolar edi. 




Download 479.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling