3-mavzu: Alkimyo davri. Reja
Download 479.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. Alkimyo davri.
O`rta asrlarda: Alkimyoga o‘z hissasini qo‘shgan o‘rta asr alkimyogarlaridan
birining nomi noaniqligicha qoldi: u o‘zining ishlarini, o‘zidan olti asr oldin yashagan arab alkimyogariJobir nomidan yozar edi. Bu “Djobir” taxminlariga ko‘ra, ispaniyalik bo‘lib, XIV asrda yashagan. Djobir bugungi kimyoning eng muhim birikmasi bo‘lgan - sulfat kislotaga birinchi bo‘lib ta’rif berdi. Shuningdek, u qanday qilib kuchli nitrat kislota hosil bo‘lishini yozgan. O‘sha vaqtda oldin aniqlangan kislotalarni, masalan, sirka kislotasini, o‘simlik yoki hayvonlardan olingan moddalardan ajratib olingan bo‘lsada, sulfat va kuchli nitrat kislotasini minerallardan ajratib olishar edi. Kuchli mineral kislotalarning kashf etilishi kimyoda erishilgan yutuqlardan eng muhimi bo‘lib hisoblandi. Kuchli mineral kislotalardan foydalanib, evropalik kimyogarlar ko‘pgina yangi reaksiyalarni amalga oshira olishdi va shuningdek, ular qadimgi greklar va arablar erita olmagan ayrim moddalarni erita olishdi (chunki greklar va arablar eng kuchli kislota sifatida sirka kislotani hisoblashgan). Insoniyatga mineral kislotalar oltinga nisbatan, agarda uni transmutatsiya yo‘li bilan olishni o‘rganishganda, ko‘proq foyda keltirar edi. Agar oltin kamyob metall bo‘lmay qolganda, uning qiymati yo‘qolgan bo‘lar edi. Biroq mineral kislotalarning qiymati, u qanchalik arzon va kamyob bo‘lsada, shunchalik oshib beraveradi. Afsus, insonning tabiati shunday – mineral kislotalarning kashf etilishi uning hissiyotiga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmadi va u oltin izlashni davom ettirdi. Vaqt o‘taverdi, alkimyo esa uchinchi marta qaytadan yuzaga kela boshladi (birinchi marta greklarda, ikkinchi marta - arablarda). Oltin topish uchun qilingan izlanishlar ko‘pgina ko‘zbo‘yamachilarning ishi bo‘lib qoldi,hattoki taraqqiylashgan XVII asrda buyuk olimlar (masalan, Boyl va Nyuton) bu sohada yutuqqa erishishga harakat qilishga intilishdi. Va yana, xuddi Diokletian davridagidek, alkimyoni o‘rganish taqiqlab qo‘yildi. Bunday taqiq ikkita maqsadda edi: oltinni qiymati tushishiga yo‘l qo‘ymaslik (balki tasodifan transmutatsiya amalga oshsa!) va ko‘zbo‘yamachilikka qarshi qattiq kurashish kerak edi. 1317 yilda Ioann XXII papasi alkimyoni anafemaga sotdi va rostgo‘y alkimyogarlar nima bilan shug‘ullanayotganliklari haqida yanada sirli ravishda tushuntirishadigan bo‘lishdi. Biroq o‘zgarishlar shamoli Evropada allaqachon esa boshlangan edi. 1204 yilda Sharqiy – Rim imperiyasining poytaxti bo‘lgan Konstantinopol salibchilar (krestonosets) tomonidan varvarlarcha buzib tashlandi va o‘sha davrgacha saqlanib qolgan grek madaniyatining ko‘pgina yodgorliklari butunlay yo‘q qilindi. 1261 yilda greklar shaharni qaytarib olishdi, biroq uning oldingi ko‘rkidan asar ham qolmagan edi.Keyingi ikki yuz yillikda turk hukumdorining askarlari shaharga yaqinlashib kela boshladi va 1455 yilda Konstantinopol tor-mor etildi hamda butunlay turklarniki bo‘lib qoldi. Turklarning 6 bosqinlaridan qutulish maqsadida grek olimlari Evropaga qochishdi, va o‘zlari bilan olib kelgan bilimlari va qadimgi grek fanining an’analari Evropada ilm-fanning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, Evropada buyuk kashfiyotlar va izlanishlar davri boshlandi. XIII asrda magnitli kompas kashf etildi va dengizda suzish rivojlana boshladi. Oldiniga Afrika qirg‘oqlarini o‘rganish ishlari o‘tkazildi, 1497 yilda esa bu qit’a atrofida sayohatlar amalga oshirildi. Evropa, musulmon davlatlarining aralashuviga tayanmasdan, Hindiston va shu hududdagi boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq olib bordi. Evropaliklar buyuk grek faylasuflari bilmagan ko‘pgina yangi narsalarni bilib olishdi hamda, ular greklar ham boshqa odamlar singari oddiy odamlar ekanligini va ular ham hatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligi, shuning uchun ularning barcha qarashlarini to‘g‘ri deb hisoblash shart emasligini asta-sekin his qila boshlashdi. Evropaliklar o‘zlarining ustunliklarini kemasozlik sohasida isbot qilishdi va boshqa sohalarda ham ustunliklarini ko‘rsatishga urinib ko‘rinishdi. Shu “kashfiyotlar asri” da nemis kashfiyotchisi Iogann Gutenberg (1397-1468 y. oxiri) birinchi matn bosadigan uskunani yaratdi. Bu uskunadagi harakatlanuvchi literalarni matn qilib yig‘ib, har qanday kitobni chiqarish mumkin edi. Tarixda birinchi marta arzon kitoblarni va etarli miqdorda chiqarish imkoniyati tug‘ildi. Birinchilar ichida Lukretsiyning poemasi chiqarildi, va bu poemaga ko‘ra Evropada atomistik ta’limot keng tarqaldi. 1543 yilda, mualiflari o‘sha davrda mavjud bo‘lgan qarashlarni qo‘rqmasdan yoritgan (yozgan) 2 ta kitob nashr qilingan edi. SHu kitoblardanbirining muallifi polyak astronomi Nikolay Kopernik (1474-1543) edi. U, qadimgi astronomlardan farqli ravishda Koinotning markazi Er emas, balki Kuyoshdir, deb ta’kidlar edi. Ikkinchi kitobning muallifi flamandiyalikanatom Andrey Vezaliya (1514-1564) odam anatomiyasini juda aniq ta’riflab, aytib bergan. Uzining shaxsiy kuzatuvlariga tayangan Vezaliyaning ishlari qadimgi grek manbalaridan kelib chiqqan ko‘pgina qarashlarni inkor qilar edi. Bunday grek astranomiyasi va meditsinasining bir vaqtda rad etilishi, alkimyo dunyosiga asta-sekin, asosan mineralogiya va meditsinada namoyon bo‘lib, yangi ilmiy revolyusiyaning boshlanishini bildirar edi. Download 479.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling