3-mavzu: Alkimyo davri. Reja


Download 479.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.11.2023
Hajmi479.81 Kb.
#1750790
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU. Alkimyo davri.

hayot eliksirini izlashar edi.
Evropada Razes nomi bilan mashhur bo‘lgan boshqa bir arab alkimyogari ar-Roziy 
(865-925 yy) tibbiyot va alkimyo bilan shug‘ullangan. U ham Jobir kabi mashhurlikka 
erishdi. Ar-Roziy gips tayyorlash va singan suyakning bir-biri bilan birikishi uchun, 
gipsli taxtakach qo‘yish usulining metodikasini bayon qilgan. Jobir oltingugurtni yonish 
ta’moyili, simobni – metallik ta’moyili sifatida qarar edi. Ar-Roziy esa bu ikkala 
ta’moyilga uchinchi -tuz, ya’ni, qattiqlik ta’moyilini kiritdi. Uchuvchan simob va 
alangalanuvchan oltingugurt faqat uchinchi komponent – tuz ishtirokidaqattiq moddalarni 
hosil qiladi, degan fikrni berdi. 
Jobirga nisbatan ar-Roziy tibbiyotga ko‘proq qiziqar edi, biroq mashhur tabib 
buxorolik Abu ali IbnSinoga (980-1037 y. yaqin), Evropada lotinlashgan Avitsenna nomi 
bilan tanilgan, nisbatan kam ma’lumot qoldirgan. Uning asarlari ko‘p asrlar davomida 
tibbiyotchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Alkimyogarlar orasida faqat 
Avitsenna oltinni boshqa metallardan olish mumkinligiga ishonmas edi. 
Yevropada uyg`onish. 1096 yilda birinchi xristianlar salib yurishlari boshlandi; 
1099 yilda xristianlar Ierusalemni qo‘lga kiritishdi. Deyarli ikki yuz yil Suriya 
qirg‘oqlarida xristianlar davlati kun kechirdi. Madaniyatning biroz kuchayishi sodir 
bo‘ldi va Evropaga qaytganbir nechta xristianlar, evropaliklarni arab fanlarining yutuqlari 
bilan tanishtirdi. SHu vaqtning o‘zida, arablar tomonidan VIII arsning boshlarida bosib 
olingan Ispaniyani, xristianlar o‘zlariga asta-sekin qaytarib olishdi. Shu janglar paytida 
xristianlarning Evropasi ajoyib mavritaniyaning sivilizatsiyasi haqida bilib olishdi. 
Evropaliklar arablar o‘zlari tomonidan tarjima qilingan grek olimlari, masalan, Aristotel 
va o‘zlarining olimlari, masalan, Ibn Sinoning ilmiy asarlari kabi bebaho asarlar sohiblari 
ekanliklarini bilib qolishdi. 
O‘zining ashaddiy dushmaniga bunchalik qimmatli asarlarni berishni hohlamagan 
arablarning qarshiligiga qaramasdan, bu ishlarni lotin tiliga tarjima qilishga urina 
boshlashdi. Bu boshlanishga, 999 yilda Silvestr II papasi bo‘lgan, fransuz olimi Gerbert 
(940-1003 y. yaqin) har tomonlama yordam berdi.
Chesterlik ingliz olimi Robert (1144 yilga yaqin) arabcha alkimyoga oid asarlarni 
lotin tiliga tarjima qilayotganlar orasida birinchi bo‘ldi. Uning anchagina izdoshlari 
topildi. Italiyalik Gerard Kremonskiy eng zo‘r tarjimon edi (1114-1187y.yaqin). U 
umrining ko‘p qismini xristianlar tomonidan 1085 yilda kurashib, qaytarib olingan 
Ispaniyaning Toledo shahrida o‘tkazgan va arab tilidan 92 ilmiy asar (traktat)ni tarjima 
qilgan. 
1200 yildan boshlab evropalik olimlar o‘tmishdagi alkimyogarlarning merosi bilan 
tanishishgach, bilishning mashaqqatli yo‘lidan yanada olg‘a qadam tashlab siljishga 
urinib ko‘rishlari mumkin edi.
Ko‘proq Albertus Magnus (Buyuk Albert) nomi bilan mashhur bo‘lgan Albert 
Bolshtedskiy (1193-1280 y. yaqin) birinchi atoqli evropalik alkimyogar edi. U 
Aristotelning asarlarini astoydil o‘rgandi va aynan uning sharofati bilan oxirlab qolgan 
o‘rta asr va YAngi davr boshidagi olimlar uchun Aristotelning falsafasi o‘ziga xos 
axamiyatga ega bo‘ldi. 
Ingliz olimi monax Rodjer Bekon(1214-1292 yy) buyuk Albertning zamondoshi, 
bugungi kunda eksperiment ishlari va ularga qilingan matematik metodlarning ilovasi fan 



taraqqiyotining garovidir, degan qat’iy ifodalangan ishonchi tufayli tanilgan edi. U haq 
edi, ammo olam bunga tayyor emas edi. Bekon bilimlarining umumiy ensiklopediyasini 
yozishga urindi va o‘z ishlarida portlovchi moddani birinchi ta’rifini berdi. Ba’zida uni 
portlovchi moddani kashfiyotchisi deyishadi, biroq bu haqiqatga yaqin emas, chunki 
haqiqiy kashfiyotchi noma’lumligicha qolgan. 
Bekonning zamondoshlari bo‘lgan, o‘rta asr alkimyogarlari-Ispaniyalikvrach -
Arnold (1240-1311 y. oxiri) va Daymund Lulliy (1235-1313 yy) larning asarlari 
alkimyoning mistik ruhi bilan sug‘orilgan. Bu ishlar, asosan transmutatsiyaga 
bag‘ishlangan. 

Download 479.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling