3-mavzu: Alkimyo davri. Reja
Download 479.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. Alkimyo davri.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy аdаbiyotlаr: 1. Toshpulatov Yu.T., Primkulov M.T., Maxmatkulova Z.X. Kimyo tarixi (mеtodik qo`llanma). Toshkеnt. -2006y. Qo’shimchа аdаbiyotlаr
Alkimyoning tugashi.
Kimyo masalariga umuman o‘zgacha qarashlar ikkita zamondosh vrach – nemis Georg Bauer (1494-1555) shveysariyalik Teofrast Bombast fon Gogengeymning (1403-1541) ishlarida namoyon bo‘lgan. Ko‘prog‘i, Agrikol nomi bilan (lotin tilidan tarjima qilinganda, “dehqon” degan ma’noni bildiradi) mashhurbo‘lgan Bauer mineralogiya va uning meditsina bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan tomonlarini o‘rganishga qiziqdi. Bunday bog‘lanishni uchratish (vrach-minerolog kabi) o‘sha davr va keyingi 2 yarim yuz yillikdagi kimyo uchun xarakterlidir. 1556 yilda nashr qilingan “Metallurgiya haqida” (“De Re Metallice”) kitobida Agrikola o‘sha davrdagi konchilardan bilib olgan bilimlarini sistemaga soldi. Ravon (sodda, tushunarli) tilda yozilgan,shaxta uskunalarining rasmlari chiroyli ilovalangan bu kitob, tezda mashhur bo‘lib ketdi va bizning davrimizda ham klassik asarlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu asar kimyoviy texnologiya bo‘yicha, 1700 yilgacha paydo bo‘lgan eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asar hisoblanadi. Bu kitob nashr qilingan davrdan boshlab mineralogiya fan sifatida tan olindi.(Metallurgiya va amaliy kimyodan, Agrikologacha yozilgan eng noyob kitob sifatida, taxminan X asrda yashagan grek monaxi Teofilning asarlari hisoblanar edi). 7 Fon Gogengeym tarix sahifalariga o‘zi tanlagan Paratsels, ya’ni «Selsdan o‘tuvchi» degan nom bilan kirib keldi. Sels - meditsina haqida asarlar yozgan, qadimgi rim olimi edi. Uning asarlari o‘sha davrda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ishlardan biri edi. Paratsels, Ibn-Sino kabi, alkimyoning asosiy masalasi – oltin olish yo‘llarini izlash emas, balki dori vositalarini tayyorlash, deb hisoblar edi. Paratselsgacha, o‘simliklardan tayyorlangan preparatlardan dori vositalari sifatida foydalanishgan, biroq Paratsels minerallardan tayyorlangan dori vositalarining effekti (ta’siri) kuchliroq ekanligiga juda qattiq ishonar edi. Transmutatsiya g‘oyasiga negativ munosabatda bo‘lishiga qaramay, Paratsels eski maktab alkimyogari edi. U to‘rt unsur haqidagi qadimgi grek ta’limotini va uchta prinsip - element (simob, oltingugurt va tuz) haqidagi arablarning ta’limotini qabul qilar edi va hayot eliksirini izlar edi (hatto, uni topdim deb ta’qidlar edi). Paratsels rux metalini kashf qildim, deb qattiq ishonar edi, ammo rux ruda tarkibida va mis bilan bo‘lgan qotishmasi (latun) tarkibida qadimdan ma’lum bo‘lishiga qaramasdan, ayrim vaqtlarda uni, ruxning kashfiyotchisi deb ham hisoblashadi. Paratselsning ishlari uning o‘limidan so‘ng, hatto yarim asr o‘tgandan keyin ham tortishuvlarga sabab bo‘lar edi. Paratselsning izdoshlari o‘zlarining ustozining qarashlaridagi mistik mazmunni kuchaytirishdi va ulardan ayrimlarini hatto diniy aqidalargacha olib kelishdi, bu esa alkimyogarlaraniqlikva ratsionalizmga intila boshlashgan davrda yuzaga keldi. Nemis vrachi alkimyogar Andrey Libau (1540-1616y. oxiri), lotinlashgan Libaviya nomi bilan mashhur bo‘lgan, 1597 yilda tarixdagi birinchi kimyo darsligi – “Alkimyo” ni nashr qildi. Libaviya birinchi bo‘lib xlorid kislota, qo‘rg‘oshin to‘rt xlorid, ammoniy sulfat va “zar suvi” (podsho arog‘i) – nitrat va xlorid kislotalarining aralashmasini tayyorlashni ta’riflab bergan. Libaviy eritmani bug‘latish natijasida hosil bo‘ladigan kristallarning shakliga qarab, mineral moddalarni aniqlash mumkin, deb hisoblar edi. Biroq u Paratselsning, alkimyoning asosiy masalasi – meditsinaga xizmat qilish, degan fikriga qo‘shilgan bo‘lsada, shunga qaramasdan u metallar oltinga aylanishi mumkinligiga qattiq ishonar edi va oltin olish usulining kashf etilishi kimyo fanining gulchambari bo‘lib qoladi, deb hisoblar edi. Aniq va ravon tilda yozilgan o‘zining asarlarida Libaviy, “paratselsga tegishli”, deb atagan, noaniq nazariyalarga shiddat bilan qarshi turar edi. 1604 yilda nemis nashriyotchisi IogannT yolde, Vasiliy Valentin degan o‘rta asr monaxining (aniqrog‘ini aytganda, bu Tyoldening laqabi bo‘lgan bo‘lishi kerak). “Antimoniyning triumfal g‘ildiragi“ deb nomlangan, keng tanilgan kitobni nashr qildi. Kimyoning yangi yo‘nalishida ko‘proq tanilgan vakillaridan nemis kimyogari Iogann Glauber (1604-1668 y) edi. Ixtisosligi vrach bo‘lgan bu odam, turli xildagi kimyoviy moddalarning olish usullarini taqqoslashtirish va qaytadan ishlab chiqish bilan shug‘ullanar edi. Glauber osh tuziga sulfat kislota ta’sir ettirib, xlorid kislota olish usulini ishlab chiqdi. Kislotalarni haydagandan keyin qolgan qoldiqni (natriy sulfat) sinchiqlab o‘rgangandan keyin Glauber, bu modda kuchli ich yumshatuvchi ta’sirga ega ekanligini aniqladi. U bu moddani “ajoyib tuz” (sal mirabile) deb atadi va uni panatsea, deyarli hayot eliksiri deb hisobladi. Glauberning zamondoshlari bu moddani Glauber tuzi deb nomlashdi va bu nom hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Glauber bu va boshqa bir qator tuzlarni, uning fikricha, noyob dori vositasi bo‘lgan tuzlarni tayyorlash bilan shug‘ullana boshladi. 8 Meditsina va minerallar haqidagi rivojlanayotgan fanlar shunchalik daromatli va jalb qiluvchi bo‘lib chiqdiki, oltin olish uchun cheksiz va omadsiz urinishlarga vaqt ketgazishga hech qanday hojat qolmadi. Va haqiqatdan ham, XVII asrda alkimyoning ahamiyati tushib borar edi, XVIII asrda esa u asta-sekin biz hozir kimyo deb aytadigan fan bo‘lib qoldi. Nazorat savollari: 1.Alximiya davri 2. Alximiyaning kеlib chiqishi. 3. Arab alximiyasi, uning eng mashhur namoyondalari va ularning kimyo sohasidagi ishlari. 4. Yevropa alximiyasi va uning mashxur namoyondalari, ularning kimyo sohasidagi ishlari, Parasеls nazariyasi. Asosiy аdаbiyotlаr: 1. Toshpulatov Yu.T., Primkulov M.T., Maxmatkulova Z.X. Kimyo tarixi (mеtodik qo`llanma). Toshkеnt. -2006y. Qo’shimchа аdаbiyotlаr: 1. Umarov B.B. Kimyo tarixi fanidan ma`ruza matnlari. –Buxoro: 2003. Download 479.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling