Ma’ruza rejasi: XIX asr boshida R. Boylning ilmiy ishlari. M. V. Lomonosovning atom – molekulyar ta’limotni. Ingliz olimi J. Daltonning atomistik ta’limoti. Stexiometriya va uning fanga kiritilishi Ekvivalentlar qonuninini Tarkibning doimiylik


Download 46.5 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1777212
1   2
Bog'liq
8-maruza KT

M1/M2 =E1/E2
Ekvivalentning molyar massasi quyidagicha topiladi:


mME = M/n
HCl+NaOH= NaCl+H2O
Bu qonunni quyidagicha ham ifodalash mumkin: Molekulyar birikmalarda ularning tarkibiga kirgan elementlar miqdori kimyoviy ekvivalentiga to’g’ri keladi. Kristall tuzilishda defekt xosil bo’lsa va natijada molekulyar strukturasi o’zgarsa shunga qarab ekvivalentlar miqdori ham o’zgaradi.
TiO7,9:8; agar TiO0,82 7,9:6,56 da titanning kimyoviy ekvivalenti 8-6,56=1,44 ga kamayadi.
2. Tarkibning doimiylik qonuni.
Lomonosov 1741 yilda “Matematik kimyo elementlari” dissertasiyasida birikmalar, murakkab korpuskulalardan tuzilgan bo’lib, atomlar esa o’zaro sifat va miqdoriy jihatdan bog’langan bo’ladi degan xulosaga keladi. Bu ishlarni fransuz kimyogarlari Prust va Bertolle davom ettirdi. 1779 yilda “Misni aniqlash” asarida kimyoviy birikma tarkibning doimiyligi bilan xarakterlanadi deydi. SuO, Su2O, FeS, FeS2 larni tadbiq qilib Cu, Sn, Fe, Sb, Co lar ikkitadan oksid, Zn- esa bitta oksid hosil qilishini aniqladi. Bular qayerda aniqlansa ham tarkibi bir xil bo’lishi o’rganildi va qonun yaratildi. Ko’pgina anorganik moddalar hosil bo’lishida ular to bir jinslilik (gomogen) holati davom etguncha tarkibi o’zgaradi. Tarkibi o’zgarmas moddalar 5% dan kamroqni tashqil qiladi. Bu qonun: modda qanday usulda olinishidan qatiy nazar tarkibi o’zgarmas bo’lib qoladi deb ifodalangan. Agar tarkibi molekulyar strukturadan farq qilsa bu agregat holatda uning tarkibi qayta ishlash va olish sharoitiga bog’liqdir. Masalan: ammiak doimiy tarkibli, TiO-o’zgaruvchan tarkibli.
U birikmalar tarkibini % bilan hisoblaydi. Shuning uchun karrali nisbatlar qonunining ochilishi ma’lum muddat orqaga surildi. Kimyoviy birikma, oddiy modda, mexanik aralashmalar haqidagi tushunchalar yuzaga keldi. Kimyo predmeti (elementlar va kimyoviy birikmalar) nimani o’rganishini aniqlash bilan birga, kimyoni mexanika va fizika fanlaridan ajratdi. Prust qonuni 95%-organik moddalarga, 5% anorganik moddalarga taalluqli edi, chunki anorganik moddalardan 95% o’zgaruvchan tarkibga egadir. Bularni Bertolle ta’limoti yordamida tushuntirish mumkin. Bertolle:
2NH3= N2 + 3H2,
HCN =H, C, N dan tashkil topganini, oksid, tuzlar, shisha, qotishmalar olinishlarini, kristallanish jarayonini unga ta’sir etuvchi omillarni, [Fe(CN)6]3+ kompleksi hosil bo’lishi natijasida rang o’zgarishini, FeO, Fe2O3 va yana boshqa oraliq nisbatlarda oksidlar hosil qilishini tushuntirdi. U kimyoviy birikmalarga - eritma, qotishma, shisha, silikatlar ham kiradi degan fikrni kiritdi. Bular bilan bir qatorda ularning tarkibi o’zgaruvchanligini o’rganadi. Ularda yana tortishish kuchlari, elektron bulutga moyillik, kimyoviy ta’sirlar ta’sirlashayotgan moddalar massasi va o’zaro ta’sirlashish kuchi ko’paytmasiga to’g’ri proporsional ekanligini aniqlab, uni “kimyoviy massa” deb atadi. Bertolle yana qaytar reaksiyani, undagi muvozanatga to’g’ri ta’sir qilishini ko’rsatib bergan.
Prust oksid va tuzlarning tarkibi doimiy deb statik holatni o’rgangan bo’lsa, Bertolle eritma, shisha qotishmalarni ham kimyoviy birikma deb dinamik holatda o’rganadi. Eng asosiy xizmati birikish kuchi ya’ni kimyoviy bog’lanish energiyasi tushunchasini, kimyoviy muvozanat, statikani fanga kiritib, kimyoviy kinetikaga asos soldi. Bu ishlar atom-molekulyar ta’limotni yuzaga chiqishiga xizmat qildi. Mexanik ta’limotning uchinchi bosqichini ingliz olimi D. Dalton boshlab berdi “modda” (telo) kichik, bo’linmas zarrachalar atomlardan tashkil topgan bo’lib, oddiy atomlardan - murakkab moddalar hosil bo’ladi deydi. Gazlarni tekshirishda ularning atom hajmiy va og’irlik nisbatlarini, atom og’irligini – atomlarning belgilarini yaratishni taklif qildi. Gazlar ikkita atomdan tashkil topgan deydi. Mas-n: suv N2O. Atom og’irlik jadvalini tuzib bunda vodordning atom og’irligini 1 ga teng deb oladi.
A.Lavuazye 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Shundan keyin: har qanday kimyoviy toza birikmani tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosa chiqarildi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to’g’riligi barcha olimlar tomonidan e’tirof etib kelindi. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertolle qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi, degan xulosa chiqardi.
J.L. Prust (1753 – 1826) Bertollening xulosalariga qarshi chiqib toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini isbotladi. Bu kurashlar ikki falsafiy oqim yani Prust falsafasi – uzluklilik prinsipi va Bertolle falsafasi – uzluksizlik prinsipi nomi bilan tarixga kirgan. Bu kurashda Prust g’olib chiqadi va tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflaydi: har qanday quyi molekulyar birikma, o’zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o’zgarmas tarkib bilan ifodalana oladi.

Nazorat savollari;


1. XIX asr boshida R. Boyl xizmatlari nimalardan iborat bo’lgan ?
2. M.V. Lomonosovning atom – molekulyar ta’limotnini ayting ?
3. Ingliz olimi J.Daltonning atomistik ta’limotini tushintiring ?
4. Stexiometriya nima va uni kim fanga kiritdi?
5. Ekvivalentlar qonuninini tushintiring ?
6. Tarkibning doimiylik qonunini tushuntirib bering ?.
Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling