Ma‘ruza: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish


Download 101.5 Kb.
bet17/18
Sana07.05.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1438057
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-ma\'ruza

Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish
Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi: ijtimoiylashtirish, o'zini tarbiyalash va kasbiy ta’sir ko'rsatish. Bu jarayonlar uch asosiy subyektlar shaxsi bilan shakllanuvchi — jamiyat, individning o‘zi va pedagogning bir obyekt bilan o'zaro munosabatlari davomida amalga oshiriladi.
Jamiyat to'g'risida to'xtalib o'tamiz „Ijtimoiylashtirish" tushunchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi. Tadqiqotchilar uni qadriyatli ko'rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab tushintiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga kelgan, katta ilrniv material ham to'plangan. Sotsiologik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini talqin qilish, albatta, qarama-qarshi bo'lgan ijtimoiylashtirish konsepsiyasining shakllanishiga olib keladi. Qattiq ijtimoiylashtirish deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional maktab vakillari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga to‘la jalb etish sifatida belgilaydi. Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda „moslashish", ,,qulaylik“, ,,tenglik“ kabi muvozanat tushunchalariga tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa — individlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi.
Bu konsepsiyaga „yangi insonparvarlashtirish“ tarafdorlari qarshi chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o'z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o'zini amalga oshirishi va o‘zini namoyon etishiga to'sqinlik qilayotgan element la :ni tanqidiy yengishni ko'radilar. Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan muhitga ta’sir ko'rsatish to'g'risida gap yuritilayotgan bo'Isa, ikkinchi holatda, ijtimoiylashtirish va shaxs" tushunchalarini to'la adashtirish sodir bo'lmoqda. Ta’lim tizimidagi ijtimoiylashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o'zini tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan shaxsning rnustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda. Birinchi nuqtayi nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarni qayta ishlab chiqish muammosiga e’tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa, madaniy ijodkorlik shaxsi ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan.
Ma’lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtayi nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takomillashtirishga olib kelmaydi. To‘g‘ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy manfaatlar bilan to`la bog'lab qo'yishga yo‘l qo'yish mumkin emas. Lekin baribir jamiyat insonga ta’sir ko'rsatadi va ta’sir ko'rsatishni hisobga olmay bo'lmaydi. Ijtimoiylashtirish — muhit, jamiyatning shaxsga ta’siri demakdir. Shu bilan birga, ta’sir ko'rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi. Jamiyat, umuman, alohida kuch — o‘ziga xos insoniy munosabatlar va o‘zaro aloqalardir. Bu narsalar bo'lmasa, odam ham baribir muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi. Muomalalar davomida yuzaga keladigan insonlar munosabatlari mana shu jamiyat: demakdir. Biz ijtimoiylashtirish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham, biomuhit, kosmos ham inson ko‘ziga ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga muvofiq bolmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko‘rinishi bo‘yicha, mohiyati bo‘yicha esa muqarrar va qonuniy) ta’sir ko‘rsatib shaxsni shakllantiradi. Haqiqatda ko‘zga ko‘rinmas ta'sir ko‘rsatish nazorat qilib bolmaydigan jarayon. Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbatlarda shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo‘Imaydi. Hatto ularning har birini aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllariib bo`lg an dunyoqarashiga yot bo‘lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda quvonchni his etish qiyin bo‘ladi.
Agarda dunyoqarashi shakllanmagan bo‘lsa, unda ham odamdan noqulay muhit ta’siridan qoniqishni talab qilib bo‘lmaydi. Odam o‘zi o‘z hayotini tashkil etadi, u nima qilishi kerakligini o‘zi tanlaydi: dunyoga qarab agarda unda o‘z hayotini ko‘rsa, xursand bo‘ladi. Biroq taqdir shaxsan tanlash irnkoniyatini chegaralaydi. U boshqalar tomonidan amalga oshirilgan, avalgi avlod tanlagan mavjud vaziyatni odam oldiga qo‘yadi, u bilan bahslashib bo‘lmaydi. Uni meros kabi, shaxsiy turmushning bir qismi yoki asosi sifatida qabul qilish va mana shu tajribaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Muhit o‘zida insonga monand axborotlarni yetkazadi, shaxs yuzaga kelishi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi, shu bilan birga, bu axborotlarni insonga majburlamaydi. Xohlovchilar uni o‘zlashtirishi mumkin. Shunda uning hayoti taqdirga qarshi bo‘lib qolmaydi, taqdiri rivojlanishiga to'siq bo‘lmaydi. Uning dunyoga munosabati, quvonchli yoki alamli ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, mazmuni bo‘yicha ancha chuqur bo‘ladi. Shuning uchun jamiyat go‘yoki tabiiy ravishda bolaga o‘zining yaxshi tomonini namoyon etishga, unga „kulib boqishga“ harakat qiladi. Mana shu hayotga kirib kelayotgan insonga o‘ziga xos munosabat faqat beg‘araz emas, balki jamiyatning g‘amxo‘rligi hamdir. U eng to‘g‘ri, asriar davomida shakilangan tamoyillashtirish yo‘lidir. Faqatgina mana shu narsa shaxsning tabassum qilishiga olib kelishi mumkin. Individni muhitga jaib etib, insorining keng jamoa va hodisalar bilan munosabatlarda bolishi imkoniyat ini taqdim etishda, ularning javoblari shaxs uchun baholash shaxsiy mezonini ishlab chiqishda asosiy me’yor bo‘lib qoladi — mana shunga ijtimoiylashtirish deviladi. U kasbiy tarbiyaviy faoliyatdan ham iborat emas, balki nisbatan mustaqil jaravon hisoblanadi, shaxsga rol o‘yinini „qiyinlashtirish“ alohida vazifasini bajaradi. Mana shusiz u anglab yetilmagan bo`lib, jamiyatda yakkalanib qoladi. Insoriparvar bo'lmagan yangi shaxsning faolligi sababsiz bostirilishi, individning layoqati, intilishlari hisobga olinmay ijtimoiy vazifalarni majburlash sodir bo‘ladigan insonga muhitning ta’sir ko'rsatishi bilan ijtimoiylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ijtimoiylashtirish — bu shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin bo`lgan shaklini belgilovchi birlikning o‘zaro aloqalari jarayonidir.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling