Tarbiya texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqaroiarining, ayniqsa, yangi jamiyat afo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan avlod va mutaxassislarning ma’naviy shakllariishiga alohida e’tibor qaratilgan. „Hozirgi davrda jamiyat rivojining asosiy maqsadi, — deb ta’kidlagan edi O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov, — mustaqilllikning milliy g‘oya va mafkurasini mamlakatimizda yashayotgan har bir kishining dunyoqarashi, ma’naviy asosiga aylantirish kerak“. Milliy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy jarayon umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida o`ziga xos mohiyat kasb etadi. Pedagog xodimlar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar milliy istiqlol g‘oyasi bilan qurollangan bo‘lib, uni har bir fuqaro ongiga yetkazish malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil qilish, o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol metodlardan foydalanish o'quvchilarda o‘z yurt ga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, oilaparvarlik, kasbiy fidoyilikning shakllanishiga yordam beradi.
Tarbiyalanuvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash ularning darsdan tashqari faoliyat tizimida o‘qitishning nazariy va amaliy qismini to‘Idiradi. Uning asosiy vazifasi darsdan tashqari vaqtini o‘zini-o‘zi tarbiyalash bilan shug'ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishidir.
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash (6- shakl).
Darsdan tashqari
faoliyatni loyihalash
0‘quvchilarda ijtimoiy
moslashuvni tashkil
etish
0‘quvchilarni mustaqil
ishlash yo‘li bilan ta’limni
davom ettirishga yo'llash
0‘quvchilarni bo‘sh vaqtdan
unumli foydalanish,
dam olish mahoraritini egallashi
o'rgatish
Ta’lim oluvchining qobiliyati,
qiziqishi va ishtiyoqlarini
rivojlantirishga shart-sharoit yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |