Ma‘ruza: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


- shakl. O'quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash


Download 101.5 Kb.
bet15/18
Sana07.05.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1438057
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-ma\'ruza

6- shakl. O'quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko‘p komponentli bolib, unda quyidagilar kiradi:
- O‘quv guruhi tarkibi;
- Individual (yakka tartib);
- Ijtimoiy birlashmalar va tashkilotlar;
- Mehnat jamoalari;
- Klublar, to ‘garaklar, muzeylar.
O'quvchilarning darsdan tashqari faoliyatining o‘ziga xosligi shundaki, uning har bir komponenti alohida loyihalashtiriladi va har doim ham pedagogik ta’sir doirasi bilan qamrab olinmaydi.
Tarbiya maqsadini ishlab chiqish
Tarbiya-- bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o`ziga xos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi.
Mana shu tarbiyaning asosiy manbayi shaxslar bo‘lib qoladi—bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individuallik va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi.
Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi?
Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzotdir, jamiyat esa, o‘z navbatida, shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro nxunosabatlari jarayoni natijasi va jarayonning o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo`q va, demak, jamiyat ularga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g`risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar.
Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs, katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bogiiqlik mana shu doiradan chiqishi muhim.
Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?
Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o'zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki, o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi. 0‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etganligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.
Jamiyat--bu shaxs yoki shaxslar to'plami emas. Jamiyat —bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga intiluvclii, o`zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat: insonlar to'plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.
Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadi. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (eng moqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydi va ular ortasidagi farq kamaymaydi. Ma’lum sharoitlarda ular bir-biriga qarama-qarshi turishi mumkin.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o'sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab
chiqarish kuchlari muhim eiementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo'lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma - ketIigini ta’minlaydi.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling