Ma‘ruza: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


Guruh rahbari o'quvchilarning yaqin do'sti


Download 101.5 Kb.
bet11/18
Sana07.05.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1438057
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
3-ma\'ruza

Guruh rahbari o'quvchilarning yaqin do'sti - o‘quvchilarni turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko'maklashadi, o'quvchilarga bo'lgan g'amxo'rlikning bir qismini o'ziga oladi (guruhda jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakllantiradi, o'quvchilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida, biror-bir faoliyarga o‘z imkoniyati va e’tiborini qaratishiga yordamlashadi (suhbat, trening, o'yinlar o'tkazib, o'quvchilar bilan yakka ishlaydi).
Guruh rahbarining tashkilotchilik qobiliyati. Tashkilotchilik qobiliyati— bu shaxs individual xususiyatlarining shunday birikuviki, kishiga u yoki bu ishni tez, ishonchli, o'ziga ishongan holda tashkil etishga imkon beradi. Tashkilotchining umumiy shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi:

  • Chuqur bilimga egalik — talab etilayotgan ishni tashkil etishni bilish;

  • Faollik — amaliy vazilalarni bajarishda g'ayrat-shijoat biian harakat qila olish;

  • Tashabbuskorlik — alohida ijodiy faollik ko isatish, g‘oya va takliflar kiritish;

  • Kirishimlilik —- o'zgalarga oshkoralik, muloqotga tayyorlik, kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji;

  • Ziyraklik — hodisalarning mohiyatiga qadar yetish qobiliyati, ularning sabab va oqibatlarini ko'ra olish, asosiysini belgilash;

  • Qat"iyat — iroda kuchi, tirishqoqlik ko'rsatish, ishni oxiriga yetkazish mahorati;

  • o‘zini tuta bilish — murakkab vaziyatlarda o'z hissiyotini, o'z xulqini nazorat qila olish qobiliyati;

  • ishchanlik-chidamlilik, jiddiy ishlarni bajarish qobiliyati,uzoq muddat charchamaslik; kuzatuvchanlik- ko`ra olish mahorati, yo`l-yo`lakay diqqatga sazovor joylarni belgilash, xotirada tafsilotlarni saqlay olish;

  • Mustaqillik — mustaqil hal etish, vazifani o‘zi tomonidan bajarish yo`llarini topish mahorati, javobgarlikni o‘z ustiga ola bilish;

  • Hamjihatlik (uyushqoqlik) — o‘zini ishning zarur tartibiga bo‘ysundira olish qobiliyati, o‘z faoliyatini rejalashtirish, izchillik, ixchamlikni namoyon etish.


Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling