Ma‘ruza: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


Jamoa ijodiy faoliyatini rivojjlantirishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni


Download 101.5 Kb.
bet8/18
Sana07.05.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1438057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
3-ma\'ruza

Jamoa ijodiy faoliyatini rivojjlantirishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni
Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon boiib, o'qituvchidan chuqur bilim, malaka va xohish talab qilgani kabi o'quvchilardan ham ularning intilishlari va ehtiyojlarini talab etadi. O'quvchilarning qiziqishlarini rivojlantirish tarbiyaning mualliflik tizimini shakllantirishning yagona yolidir. Bu holda tarbiya shaxs kamolotini boshqarish jarayoni, uning ijtimoiylashuvi va rivoji uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashqari faoliyat (dam olishni tashkil etish) esa shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yuqoriga
ko'tarish (birinchi navbatda, o'qituvchining), uning ijtimoiy faolligini amalga oshirish maydoni sifatida tasavvur etilishi mumkin. Hordiq kishilarning yangilanish, tiklanish, uning jismoniy va ma’naviy kuchini ko'paytirish, shaxsini boyitish, ijodiy faolligini chuqurlashtirish va amalga oshirish uchun ular tomonidan rejalashtirilgan va mo'ljallangan shaxsiy vaqtining bir qismidir.
Shaxs o'z faoliyati asosida shakllanib boradi. Jamiyatda yashash, boshqa kishilar bilan hamkorlik qilish, o‘zaro faoliyat yuritish kishining faqat jamoa ishlaridagi ishtiroki orqali shakllantiriladi. Jamoaviy ijodiy faoliyat metodikasi nihoyatda samarali metodika sifatida tarbiyani individuallashtirish tamoyillarini, ishning jamoaviy shakllarida ham tashkil etish imkoniyatini beradi. Jamoaviy ijodiy faoliyat o'quvchilarni ijodga yo‘naltiradi, harakat qilishning zarur shakllari va metodlarini topish vazifalarini belgilaydi, rnaqsadni aniqlashga o'rgatadi, ishni tashkil etishga yordam beradi, jamoa va alohida o'quvchilarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi va kuchaytiradi, o'z qobiliyatidan yanada yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari haqida maslahat beradi, O‘quvchilar va jamoaning axloqiy jihatdan rivojlanishini kuzatadi, tartibga soladi. Uning vazifasi: hamkorlik sharoitini vujudga keltirish, do'stona o'zaro yordam, ma’naviy-ruhiy sharoitni yuzaga keltirishdar iborat. Biz jamoaviy ijodiy faoliyatni ham metodika, ham ishtirokchilarining o'zaro faoliyati loyihalashtiriladigan, pedagogik jarayonni tashkil etuvchi texnologiya sifatida qaraymiz. Jamoaviy ijodiy faoliyat metodikasini amalga oshirish quyidagi bosqichlar bilan uzviy bog'langan:
1. Pedagogik maqsad:
— o'qituvchi o'quvchilar guruhining iishi bilan bog‘liq maqsad va vazifalarda o‘z mavqeyini belgilab oladi;
— ularni amalga oshirish mumkin bo'igan yo'llar, shakllar va metodlarni belgilaydi;
— dastlabki suhbatni (guruh yig‘ilishi, umumiy yig'ilish) o'tkazish rejasi va metodikasini ishlab chiqadi, suhbat yo'nalishini belgilaydi;
— u yoki bu ish haqida ko'zlangan maqsad (uning o'tkazilishi umumiy fikrga ko‘ra ko'zlangan maqsadni amalga oshirishga yordam beradi).
Jamoaviy ijodiy faoliyat bo'yicha aniq ishni tanlashda maktabda an’anaga aylarigan shakllarni ham hisobga olish mumkin.
2. Hamkorlikda loyihalash. Muvaffaqiyat tashabbus (ijodiy) guruhini tashkil etish. Bunda izchillik va rivojlantirishni ta’minlash lozim:
Jamoaviy ijodiy faoliyat loyihasini tayyorlash quyidagilardan iborat:
a) ishning mazmuni;
b) tayyorlashning turli bosqichlarida hal etilishi lozim bo'lgan vazifalar;
d) ishni tayyorlash va o‘tkazish dasturi.
Dasturda jamoaviy ijodiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida bajarilishi zarur bo'lgan bir qator ishlar borki, shular asosida ijodiy guruhlar uchun vazifalar shakllantiriladi.
3. Ishni tayyorlash. Pedagogik jarayondagi eng mas’uliyatli bo'lgan bu bosqichda
quyidagilar zarurdir:
— har bir o'quvchini sezish, uning jamoadagi o'rnini belgilash,
kayfiyatini his qilish:
— o'z vaqtida yordam ko'rsatishga harakat qilish;
— vaziyatdan kelib chiqib, boshlang'ich loyihani qayta loyihalash bahonasida tashabbuskor guruhni o'zi bilan almashtirilishiga yo'l qo'ymaslik.
4. Ishni o‘tkazish. Keyingi tahlil uchun asos bo'lgan bu bosqichda ishni loyihalash
jarayonida barcha ishtirok etishi mumkin bo'lganlar va mehmonlar uchun „tomoshabinsiz" ish qoidalarini amalga oshirish nihoyatda muhimdir.
5. Refleksiya (o'tkazilgan ish tahlili). Maqsadi — tajriba orttirish, hamkorlik va individual faoliyat tahlili, tahlil amaliyoti va mahoratini egallash.
Vazifasi — faoliyat natijalarini baholash, topshiriq ishtirokchilarining hayotiy tajribalarini o'stirish.
6. Natijalar (istiqbolni aniqlash). Bu bosqich jamoa bo'lib hamda uni tashkil etuvchi shaxslar shakllanishining zarur sharti hisoblanadi. Uning maqsadi hamkorlik an’analarini shakllantirish, ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat.



Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling