Ma‘ruza: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


Download 101.5 Kb.
bet6/18
Sana07.05.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1438057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3-ma\'ruza

O‘quvchilar jamoasibu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘z aro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi. Jamoani tashkil etish metodikasi oxirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi.
Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab o‘quvchisini o‘z -o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga bo‘yni yor bermaydigan tarbiyasi qiyin bolalar — bu, albatta, yomon o‘zlashtiruvchilar emas. Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilarning yomon xulq-atvori, past o‘zlashtirishlarining sabablarini puxta o‘rganadi, Bunda o'quvchining sinfdosnlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari, dastavval, muayyan tamoyillarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yo`naltirib turadigan o‘ta mas’uliyatli munosabatlardir. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o ‘quvchini jamoa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o'quvchi bilan qiziqtirib qo'yishdan ham iborat.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o'quvchilarning shaxslararo real rnavjud bo'lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o'rtasidagi muomalaga ta’sir ko'rsatish imkonini beradi. Jamiyatning qanchalik rivojlanganligini oila farovonligida, shaxsning kamolotida ko'rish mumkin. Yoki shaxsning barkamolligi, oilaning to‘la--to‘kisligiga qarab, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy ahvolini bilish mumkin. Chunki shaxs oila jamiyat munosabatlari o'zaro mustahkam bogiangan. Shuning uchun shaxs oila, jamiyat muhitida shakllanadi, kamol topadi. Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri — o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi chiqindi qog'oz (makulatura) yoki metallom (temir-tersak) to'plash, kechaga tayyorgarlik ko'rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko'zga tashlanadi. Sinf rahbari jamoaning rivojlanish darajasini belgilash uchun bolalarda ularning hozirgi va bo'lajak hayotlarida ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlari mavjudligini bilishi muhim, ya’ni jamoaning hayotiy faoliyati istiqbollarini barcha yoki yarim o'quvchilar qabul qilishini va bu istiqboilarnirig xususiyati qandayligini biiib oiishi zarur. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlaricla bolalar tarqoq bo'lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo'lgan ta`sirchan faollar bo'lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning ikkinchi bosqichida bo'lsa, nomigagina emas, balki harakatlarini qo'llab-quvvatiaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling