Tashkilotchilikning o‘z iga xos xususiyatlari:
Tashkilotchilik — boshqa kishini tushunish qobiliyati, buning uchun go‘yo uning ichki dunyosiga kira olish, uning kayfiyati va ruhiy holatini sezgirlik bilan angay olishi.
Faol ruhiy ta’sir etish qobiliyati — boshqa kishilarga istehzoli kulgidan qat’iy buyruqqacha bolgan vositalardan foydalangan holda ta’sir ko‘rsata olish.
Tashkilotchilik ishlariga bo‘Igan qobiliyat — bu o‘z ustiga ixtiyoriy ravishda tashkilotchilik majburiyatlarini yuklash bo‘lib, atrofni o‘rab turganlarning ixtiyoridan qat’i nazar, tashkilotchilik ishlariga mustaqil kirisha olish.
Tashkilotchi shaxsining yo'nalganligi — bu tashkilotchining axloqiy qiyofasi uning fuqarolik yetukligi, g‘oyaviy e’tiqodi.
Tashkilotchining individualligi. Tashkilotchilarning (shartli ravishda) „tashkilotchi-san’atkorlar, „tashkilotchi-mutafakkirlar“, ,,tashkilotchi-amaliyotchilar“ tiplari mavjud. ,,Tashkilotchi-san’atkorlar“ boshqalarga jo‘shqin nutqi va imo-ishoralar, „qalb harorati“, istiqbol yutuqlarining obrazli suratlari bilan ta’sir ko‘rsatadi. Unda orzular, xayollar, hissiy ko‘tarinkilik nihoyatda ko‘p. ,,Tashkilotchi-mutafakkirlar“ isbot etish mantiqiga, tafakkurdagi izchilikka tayangan holda harakat qiladilar, ishdagi qonuniyatlarni lopishga intiladilar. Hodisaning tashqi tomoni ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. Muhimi — mazmun, maqsadga muvofiqlik topish, ishning oqilona mohiyatini ko‘ra olish. ,,Tashkilotchi-amaliyotchilar“ o‘zlarining namunalari bilan ishtiyoq uyg'otishga, qanday ishlashni isbotlash va gapirishdan ko‘ra, uni amalda ko‘rsatishga intiladilar. Ularni amaliv tirishqoqlik, asoslilik ko‘proq xarakterlaydi.
Sinf rahbarining ish faoliyati: • O‘quv yili boshida:
— sinf ro‘yxatini tuzadi va jurnalni rasmiylashtiradi (o‘quv haftasining birinchi yarmida);
— o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhning ish rejasini tuzadi va maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha director o‘rinbosari bilan muvofiqlashtiradi (sentabr oyi ichida).
• Har kuni:
— sinf jurnalida qatnashmayotgan o'quvchilarni belgilaydi, ularning darslarga qatnashishlari bilan qiziqadi;
— sinf o‘quvchilarini o‘z ini-o‘zi boshqarish organlariga pedagogik yordam ko‘rsatadi;
— O‘quvchilarning tashqi ko'rinishinl nazorat qiladi;
— sinfda navbatchilikni joriy etadi va uni nazorat qiladi.
• Har haftada:
— fan o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnalining olib borilishini nazoratdan o‘tkazadi;
— tarbiyaviy soat haqida muloqot o‘tkazadi.
• Har oyda:
— sinf jamoasining turli tadbirlar va ishlarda ishtirok etishini tashkil etadi;
— maktabda sinf jamoasi uchun ajratilgan hududni tozalashni tashkil etadi.
• Yil davomida:
— Sinfda uch oyda bir marotaba ota-onalar yig`lishini o`tkazadi:
— zarariyat bo‘lsa, har oyda bir marotaba.;
— sinfda ota-onalar qo‘mitasi ishini tashkil etadi.
• Yil oxirida:
— sinfning o‘tgan bir yil davornida o‘quv natijalari va faoliyatini yakuniy tahlil qiladi;
— rna’naviyat va ma’rifat. ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bajarilgan ishlar haqida hisobot beradi;
— sinf faoliyatining yakuniy natijalarini e’lon qilishni tashkil etadi;
— o‘quv xonalarini ta ’mirlashni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |