маъруза соат


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/49
Sana10.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1659584
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Bog'liq
L. B. Qodirova jahon sivilizatsiyalari

Nazorat savollari: 
1. Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishida geografik omilning 
o’rniga baho bering. 
2. Shumer sivilizatsiyasi ikkidaryo oralig’i sivilizatsiyasining 
taraqqiyotida qanday rol o’ynadi? 
3. Mesopotamiya sivilizatsiyasining yutuqlarini sanab bering. 
 
 
4-mavzu. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. Qadimgi Misr sivilizatsiyasining asoslari. 
2. Misr sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari. 


34 
3. Misr sivilizatsiyasining yutuqlari va uning jahon sivilizatsiyaisda 
tutgan o’rni. 
 
1-savolning bayoni: 
Sivilizatsiya tug’ilgan qadimgi markazlardan biri Afrikaning 
shimoli-sharqiy qismida shimoldan janubga tomon oquvchi sersuv Nil 
daryosi vodiysi bo’lgan. Nil vodiysi aholisi o’z yerlarini Ta kemet 
(Qora yer) deb atashgan. Qadimgi yunonlar Memfisning nomlaridan 
biri bo’lgan, qiyin talaffuz etiladigan Xet-ka-Ptaxni Aygyuptos 
(Egipet) deb o’zgartirishgan. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot 
ta’rifiga ko’ra: “Misr – Nil tuhfasi”. Misr sivilizatsiyasining o’ziga xos 
xususiyatlari ko’p jihatdan uning taqdirida ushbu daryoning o’ynagan 
alohida roli bilan bog’liq.
Nil daryosining o’ziga xos suv rejimi, uning vaqti-vaqti bilan 
o’zanlaridan toshi turishi katta xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan. Nil 
vodiysida yillab yomg’ir yog’magan, quyosh nuri yerni va o’simliklarni 
qovjiratib yuborgan, iyun oyiga kelib daryo kengligi sezilarli 
kichraygan. Ammo iyul oyi boshida daryo toshib, butun vodiyni suv 
bilan qoplagan. Avgust-sentyabr oylarida suv toshqini o’zining avj 
nuqtasiga yetgan, suvning sathi 14 metrgacha ko’tarilgan. Noyabr oyida 
daryo o’z o’zaniga qaytganda, yerda serhosil loyqa qolgan. Nil 
daryosining minglab yillar davomidagi faoliyati natijasi bo’lgan mana 
shu yer Misr sivilizatsiyasining boyligi va gullab-yashnashiga asosidir.
Eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri qulay tabiiy – geografik 
joylashuvga, boy tabiiy resurslarga ega bo’lgan, savdo, siyosiy va 
madaniy aloqalar chorrahasida joylashgan yerda vujudga kelgan. O’rta 
yer dengizi Misrni Old Osiyo qirg’oqlari, Kipr, Egey dengizi orollari 
va Bolqon yarim oroli bilan bog’lab turgan. Nil daryosi Yuqori va 
Quyi Misrni hamda butun mamlakatni antik mualliflar Efiopiya deb 
atagan Nubiya bilan bog’lab turuvchi kemalar qatnovini ta’minlovchi 
arteriya bo’lgan. 
Misr sivilizatsiyasini yaratgan qadimgi misrliklar Shimoli-sharqiy 
Afrikaning turli qabilalarining aralashuvi jarayonida shakllangan. 
Misrliklar bir tilning turli lahjalarida so’zlashganlar, bu esa Misrning 
birlashish va yagona davlatning shakllanish sur’atlariga ijobiy ta’sir 
ko’rsatgan.
Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun zarur bo’lgan 
barcha narsalar Misrning o’zida yoki unga yondosh yerlarda mavjud 
bo’lgan. Metallar, xususan mis Arabiston sahrolari va Sinay yarim 


35 
orolidan, oltin Efiopiyadan, kumush va temir asosan Kichik Osiyodan
keltirilgan. Qizil dengiz bo’ylaridan rux va qo’rg’oshin, Nilni g’arbdan 
sharqqa tomon o’rab turuvchi tog’lardan chaqmoqtosh, Qohira 
atrofidagi Tur tosh konlaridan ohaktosh, Asuan yaqinidan marmarning 
qimmatbaho navlari qazib olingan. Mamlakatning o’simlik va hayvonot 
dunyosi ham boy bo’lib, misrliklarning xo’jalik hayotida muhim o’rin 
tutgan.
Ilk odamlar Nilning qayirlarida neolit davrlarida paydo 
bo’lishgan. Bu yerga ularni tashqi sharoit boshlab kelgan: iqlim 
quruqlashib, sahro bostirib kela boshlagan. Dastlab Nil vodiysi 
chekkalariga joylashgan odamlar dehqonchilik, chorvachilik, ov, 
baliqchilik va termachilik bilan shug’ullanishgan. Ilk dehqon jamoalari 
m.a. VI-V ming yillikda Quyi Misrdagi Fayum vodiysida mavjud 
bo’lgan. Fayum manzilgohida g’alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda 
qoramol boqilgan va baliq tutilgan.
Vohaning qulay tabiiy sharoiti tufayli manzilgohlar rivojlanib, 
ularning aholisi turmushi farovonlashib borgan. Ilk dehqonchilik 
madaniyati shakllangan. Bunga misol tariqasida Badariy madaniyatini 
ko’rsatish mumkin. Yuqori Misrdagi Badariy madaniyati (mil. av. IV
ming yillik) ga mansub aholi o’troq tarzda, urug’ jamosi bo’lib yashab, 
chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Yerga motiga 
bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham 
shug’ullanishgan. Badariylar hunarmandchilik sohasida katta 
yutuqlarni qo’lga kiritganlar. 
Mis va misdan yasalgan mehnat qurollarining paydo bo’lishi bilan 
Nil vodiysini o’zlashtirish boshlangan. M.a. IV ming yillikning birinchi 
yarmida misrliklar havza sug’orish tizimini yaratishgan. M.a. IV ming
yillikning II yarmida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikdan 
hunarmandchilik ajralib chiqqan. Urug’chilik munosabatlari emirilib, 
ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz bergan, ilk ibtidoiy qulchilik paydo 
bo’lgan. 
Mashaqqatli kechgan Nilni bo’ysundirish jarayonida misrliklar 
hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat sharoitlari o’zgardi, 
uni tashkil etish bilan asosan qabila boshliqlari va kohinlar
shug’ullanishgan. Bu esa mulkiy tengsizlikni boshlab berdi. Har bir 
sug’orish xo’jaligi insonlarni yagona hududiy birlikka, o’ziga xos 
qo’shnichilik jamoasiga – nomlarga birlashtirdi. Davlat tashkil 
etilishidan oldingi davrda Misrda 40 ga yaqin shu kabi nomlar mavjud 


36 
edi. Ularning birlashtirilishi oqibatida o’zaro raqobatchi ikki podsholik 
– Yuqori va Quyi Misr vujudga keldi.
Ular o’rtasidagi uzoq davom etgan kurash Quyi va Yuqori 
Misrning homiylari bo’lgan xudolar Gor va Set o’rtasida borgan kurash 
to’g’risidagi diniy afsonada o’z aksini topgan. Misr sivilizatsiyasi tarixi 
davomida mavjud bo’lgan ikki mamlakat fir’avni unvoni va davlat 
ma’muriyatining ikkiga bo’linishi ham Yuqori va Quyi Misrning 
alohida podsholik sifatida uzoq muddat mavjud bo’lganligini
ko’rsatadi. Misrning bu ikki qismining birlashishi bilan ularning ramzi 
bo’lgan qizil va oq ranglardan iborat toj Misr sivilizatsiyasining 
yakuniga qadar podsholik ramziga aylandi.
Har ikkala podsholik butun mamlakatda hukmronlik uchun kurash 
olib borar ekan, o’z navbatida iqtisodiy jihatdan bir-birini to’ldirgan. 
Yuqori Misr dehqonchilikning markazi bo’lgan bo’lsa, Quyi Misr – 
chorvachilik, uzumchilik va bog’dorchilik markazi edi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling