Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja


Download 1.58 Mb.
bet45/95
Sana31.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1818696
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog'liq
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Ma‟lumotlar bazasi. “Ma‟lumotlar bazasi” elementini quyidagi hollarda
ishlatish mumkin:
Birgalikda aniq mavzuga tegishli maqolalar, kitoblar, giperhavolalar,
kutubxona havolalarini yig„ish;
Kursning qatnashchilarini o„zaro tanishtirishda talabalar bir – birining ishini
izohlashi va xulosa berishi uchun ular tomonidan yaratilgan suratlar, plakatlar,
saytlar, mavzularni qo„yish;
Kurs qatnashchilarining tuzatishlari va ularning bergan ovozlari orqali ish
uchun yaxshi deb topilgan variantlarning oxirgi ro„yxatini tuzish;
Talabalarga faylllarni saqlash uchun imkoniyat berish.
Maydon – aniq axborotlarni saqlash uchun ma‟lumotlar bazasi
strukturasining elementidir. Ma‟lumotlar bazasidagi har bir yozuv turli tipdagi
maydonlarga ega bo„lishi mumkin.
Glossariy. Glossariy – bu kursda ishlatiladigan terminlar va tushunchalar
lug„atidir. Glossariy funksional ravishda talabalar va o„qituvchilar uchun quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
Lug„atda terminlar kategoriyalar bo„yicha guruhlanadi;
Talaba lug„at yozuviga izoh qo„shishi mumkin;
Izohlar o„qituvchi tomonidan baholanadi;
Lug„atlar XML orqali oson eksport va import qilinishi mumkin;
Lug„atlar izoh moduliga ega bo„lishi mumkin.
Forum. Forumlar – bu kursni o„rganish davomida kurs qatnashchilarining
(talabalar va o„qituvchilar) muloqot vositasi.
Forum talabalarga savollar berish va boshqa talabalarning savollariga
javoblar berish imkoniyatini beradi. Bu kurs o„rganish jarayonida tortishuv olib
borishga ruxsat beradi.
Siz savol berishingiz mumkin, talabalar esa unga faqat javob berishi
mumkin. Agar talabalarga boshqa talabalarning javoblarini ko„rishga ruxsat
berilgan bo„lsa, u holda ular boshqa talabalar qo„yilgan masalani qanday
yechayotganligini ko„rishlari mumkin bo„ladi.
Seminar. Seminar – bu shunday dars ko„rinishiki, unda talabalar nafaqat
o„zining ishini bajaradi, balki boshqa talabalarning ishini baholashadi. Yakuniy
baho nafaqat mustaqil ishlarning sifatiga, balki talabalarning taqrizchilar sifatidagi
ishiga ham qo„yiladi.
Chat. “Chat” elementi kurs qatnashchilariga Internet orqali real vaqt
davomida birgalikda muloqot olib borishga ruxsat beradi. Chatlarni talabalarni
o„qituvchi bilan onlayn muloqotlar o„tkazish uchun ishlatish mumkin.
Har bir qatnashchisi o„ziga qulay vaqtda xabarlarni yuborishi va o„qishi
mumkin bo„lgan forumlardan farqli ravishda chatning barcha qatnashchilari
o„zlarining kompyuterlarining yoniga bir vaqtda yig„iladilar, shuning uchun har bir
xabarga javob vaqti soat yoki kun bilan emas, balki sekund bilan o„lchanadi.
Wiki (Wiki). Wiki – bu birgalikda yaratiladigan sahifalar to„plami. "Wiki
wiki" gavay tilida “juda tez” ma‟nosini beradi. Sahifalarni yaratish va yangilash
tezligi – Viki texnologiyasining asosiy aspektlaridan biridir. Wiki bir nechta
odamlarga birgalikda ko„rsatmalarning oddiy tili yordamida hujjatlarni yozishga
ruxsat beradi. Moodle da ko„pincha bir nechta talabalar bitta hujjat ustida ish olib
borganda ishlatiladi.
Wiki bitta sahifadan boshlanadi, keyin har bir muallif ixtiyoriy sahifalarga,
ular mavjud bo„lmagan hollarda ham, havolani qo„shishi mumkin. Hujjat ustida bir
vaqtda ish olib borilganda ko„pincha bosh muharrir bo„lmaydi, natija barcha
hujjatga o„zgartirishlar kiritadiganlar tomonidan ta‟minlanadi.
Ko„p hollarda o„zgartirishlar kiritishdan oldin material tekshirilmaydi va
shuning uchun ko„pgina Vikilar keng jamoatchilikka yoki Viki serveriga kirishga
ruxsat berilganlarga ochiq hisoblanadi.
Wiki talabalarga hujjat bilan ish olib borgan holda uning tarkibini
qo„shishga, kengaytirishga va o„zgartirishga ruxsat beradi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling