Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja


Download 1.58 Mb.
bet6/95
Sana31.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1818696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Folksonomiya. Folksonomiya (folksonomy) – bu teglar orqali Web-sayt axborotini
(ishorat, surat, video va h.k.) hamkorlikda turlash usuli va amaliyoti. U kontent tashkil qilish
maqsadida shakllangan odamlar guruhining tasodifiy hamkorliki negizida asos topadi. Odatda
bunday fenomen barcha kirishi mumkin bo‗lgan Web-saytlarda vujudga keladi.
Folksonomiyaning ishtirokchilari odatda uning iste‘molchilari ham bo‗lganligi tufayli
folksonomiya uslubiyati butun guruhning hamkorlikdagi konseptual modelining natijalariga olib
keladi.
Natijalarga ta‘sir etuvchi folksonomiyaning asosiy mummolariga quyidagilar kiradi:
Ko‗psonli shakllarning mavjudligi.
Polisemiya.
Sinonimiya.
Ishlatilayotgan teglarning hususiyati.
Folksonomiya Semantik Web-tarmoqlar rivojlanishining asosiy elementi sifatida qaralishi
mumkin. Bunda hamma Web-sahifalar mashinaning hisoblashiga mo‗ljallangan meta
ma‘lumotlarga ega bo‗lishlari kerak. Web-sahifa mualliflari ishning muvofiqlashtirish maqsadida
metama‘lumot standartlaridan foydalanish tavsiya etiladi, masalan Dublin yadrosidan (Dublin
Core).
Semantik Web-tarmoq (Semantic Web) – Internet tarmog‗i rivojlanish konsepsiyasining
bir qismi bo‗lib, uning maqsadi mashina tomonidan WWW dagi axborotni qayta ishlash
imkoniyatlarini amalga oshirishdan iborat. Unda asosiy urg‗u hozirgi paytda ishlatilayotgan
matnlarning tahliliga emas, balki resurslarning hususiyati va mazmunini ifodalovchi
metama‘lumot bilan ishlash konsepsiyasiga qaratiladi.
Semantik Web-tarmoqlarda resurslarning universal identifikatorlari (URI) hamda
metama‘lumotlar tasvirining ontologiya va tillariga e‘tibor qaratiladi.
Ontologiya. Ontologiya – bu konseptual sxema yordamida muayyan bilim sohasini keng,
lekin shu bilan birga juda mayda qismlarga ajratib formallashtirishga intilishdir. Odatda bunday
sxema ma‘lumotlarning iyerarxik strukturasidan iborat bo‗lib, u barcha obyektlarning relevant
(bog‗liq) sinflarini, ularning bog‗lanishini va qoidalar (teorema, cheklanishlar) ni o‗z ichiga
oladi.
Zamonaviy ontologiyalar odatda namuna, tushuncha, atribut (xususiyat) va
munosabatlardan iborat bo‗ladi.
Web ontologiyasini tasvir etish uchun XML asosida qurilgan
OWL (Web Ontology Language) deb nomlanadigan maxsus til yaratilgan. OWL tilidan
ontologiya sinflarini va ular orasidagi munosabatlarni tasvirlashda foydalanish mumkin. Ushbu
til negizida ―obyekt-hususiyat‖ ma‘lumotlar modelidagi voqyelikning tasviri yotadi. Bu til
nafaqat Web-sahifalarni, balki atrof muhitdagi har qanday obyektlarni tasvirlash imkonini beradi
va Semantik Web-tarmoqlarni yaratishda fundamental texnologiyalardan biri deb hisoblanadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling