Ma’ruza: Tarbiyachining ota-onalar bilan muloqot odobi. Tarbiyachining milliy bayramlar va tadbirlardagi nutqi. Reja


Download 112.28 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi112.28 Kb.
#1306032
  1   2   3   4
Bog'liq
3-bosqich 1ma\'ruza

  • Ma’ruza: Tarbiyachining ota-onalar bilan muloqot odobi. Tarbiyachining milliy bayramlar va tadbirlardagi nutqi.

  •  
    Reja.
  • MTTi, oila va jamoatchilikni o‘zaro hamkorligini tashkil etish.
  • Tarbiyachi va ota-onalarning do‘stona muloqoti.
  • O’zaro hurmatga asoslangan muloqotning kalit faktorlari.
  • Tarbiyachining milliy bayramlar va tadbirlardagi nutqi.

”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida MTTlari oila va mahalliy jamoatchiliklar bilan yaqindan hamkorlik olib borishda samarali natijalarga erishilishi alohida ta’kidlangan. MTTlarining asosiy vazifalaridan biri-bolalar tarbiyasida oilalarga professional pedagogik-psixologik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, shu bilan birgalikda uning o‘rnini to’liq egallamasdan uning ta’lim funksiyalarini to‘ldirish va to‘liq amalga oshirishdan iborat.
MTTlari uchun o’zaro hamkorlik qilish jarayonining inkor qilib bo’lmaydigan afzalliklari ko’p. Bu tarbiyachilar va ota-onalarning bolalarni tarbiyalashda birgalikda ishlashga bo’lgan ijobiy qarashidir. Ota-onalar MTTlari har doim pedagogik muammolarni hal qilishda yordam berishiga va shu bilan birga ularga hech qanday zarar yetkazmasligiga amindirlar, chunki ular oila nuqtayi nazarini va bola bilan o’zaro munosabat bo’yicha takliflarni hisobga oladilar.Tarbiyachilar, o’z navbatida, pedagogik muammolarni hal qilishda ota-onalarning istaklarini inobatga oladilar. Bu yerda bolalar asosiy manfaatdor taraf hisoblanadi.
1.Tarbiyachilar va ota-onalar o‘rtasidagi do‘stona muloqot
Ushbu prinsip muloqotga ijobiy munosabatni bildiradi va ilk bolalik ta’limi tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan barcha ishlariga asoslanadi.Tarbiyachilar har kuni ota-onalar bilan muloqot qilishadi, butun oilaning maktabgacha ta’limga munosabati qanday bo’lishi, shu muloqotga bog’liq. Har kuni tarbiyachilr va ota-onalar o’rtasidagi xayrixohlik aloqasi o’tkaziladigan tadbirdan ko’proq narsani anglatadi. Ushbu tamoyil muloqotga ijobiy munosabatni nazarda tutadi va tarbiyachilar butun faoliyati davomida ota-onalar bilan ishlashi uchun zamin yaratadi. Tarbiyachilarning ota-onalar kategoriyalari bilan muloqotida talabchan ohang mos emas.

Download 112.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling