Ma'ruza. Telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlarining asosiy atamalari Telemexanika
Download 16.55 Kb.
|
Maruza 2-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatsiya
- Operativ (tezkor) teleinformatsiya
- Xizmatdagi teleinformatsiya
Diskret xabarlar – obyektning diskret holati haqidagi xabarlar.
Telemexanik xabarlar – telemexanikaning uslub va vositalari orqali uzatiladigan va qabul qilinadigan xabarlar. TU buyrug‘i – telemexanik xabar bo‘lib, uzatilishi boshqaruv punktidan (SPDM) nazorat qilinadigan punktgacha (LPDM) va boshqarish obyektining bir diskret holatdan boshqa bir holatga o‘tkazilishidir. TS buyrug‘i – telemexanik xabar bo‘lib, uzatilishi nazorat punkti (LPDM) obyektidan boshqaruv punktigacha (SPDM) va indikatsiya simvolini bir diskret holatdan boshqa bir holatga o‘zgartirilishidir. Informatsiya – yangi ma’lumotga ega bo‘lgan xabar yoki uning bir qismi bo‘lib, u ilgari qabul qiluvchiga ma’lum emas edi. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan murakkab xabarda, agar 1,3 va 5-strelkalar bu xabarni qabul qilinishidan avval o‘zligi mos holatda (ya’ni 1+, 3-, 5+) bo‘lsa, unda EM uchun informatsiya xabarning faqat “tok kirish svetoforini ochish” so‘zlar qismi bo‘ladi. Operativ (tezkor) teleinformatsiya – telemexanik xabarning bir qismi bo‘lib, teleboshqaruv yoki telesignalizatsiya buyruqlariga ega. Himoyaviy teleinformatsiya – telemexanik xabarning berilgan qonun bo‘yicha tashkil etilgan bir qismi bo‘lib, xabarda yuzaga kelgan xatoliklarni aniqlashga imkon beradi. Xizmatdagi teleinformatsiya – telemexanik tizimning holatini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan telemexanik xabar yoki uni bir qismi. Xabar tashuvchi – fizik jarayon bo‘lib, fazoda va vaqtda uzatish vositasidir. Bunda ushbu vosita xabar ta’sirida parametr yoki shaklini o‘zgartirish qobiliyatiga ega. DM qurilmalarida elektr toki tashuvchi vazifasini bajaradi. U turli shaklda (o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, sinusoidal va boshqa) va har xil parametrlarga (amplituda, chastota, faza) ega bo‘lishi mumkin. Signal – xabar yuklatilgan tashuvchidir. Shunday qilib, xabarlar ko‘p, shunga yarasha signallar ham ko‘p, lekin tashuvchi bitta bo‘lishiga qaramay, signallar bir-biridan farq qilishi va uzatilayotgan xabarga mos kelishi lozim. Bu degani, signallarning tashkil topishi alohida qonun va prinsiplarga asoslanishi kerak. Signalni tashkil topishining prinsiplardan biri 3-paragrafda ko‘rsatilgan. Prinsipning muhim tomoni son bilan belgilash va aloqa kanalida son raqamlarini ketma-ket uzatish edi. Shunda har bir raqamning qiymati bitta impuls bilan uzatiladi va aloqa kanalidagi signal ko‘p taktli signal deb nomlanadi, bitta impulsi esa – elementar impuls yoki signal deb nomlanadi. Elementar signal (impuls) vaqt intervali (davomiyligi) bilan tavsiflanadi va bu davomiylikda signal tashuvchining parametrlari (belgilari) o‘zgarmaydi. Download 16.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling