Ma'ruza. Telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlarining asosiy atamalari Telemexanika


Download 16.55 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi16.55 Kb.
#1248944
  1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 2-1


Ma'ruza . Telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlarining
asosiy atamalari


Telemexanika – fan va texnika sohasi bo‘lib, obyektlarni masofadan nazorat va boshqarish nazariyasi hamda texnik vositalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda, aloqa kanalidan samarali foydalanish signallarni maxsus usullari yordamida o‘zgartirish bilan erisxiladi.
Teleboshqaruv (TB) – diskret obyektlar holatini telemexanika uslubi va vositalari orqali boshqaruvi.
Telesignallash (TS) – bir nechta diskret holatlarga ega bo‘lgan hamda nazorat qilinadigan va boshqariladigan obyektlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotni telemexanika uslubi va vositalari orqali qabul qilish.
Telemexanika tizimi – boshqaruv (SPDM) va boshqariladigan punktlarni (LPDM) qurilmalarini, telemexanik funksiyalarni birgalikda bajarilishiga mo‘ljallangan periferiya qurilmalari hamda zarur bo‘lgan aloqa liniya va kanallarining majmuasi.
Diskret obyekt – qayd etiladigan va ishlab chiqarishning texnomantiqiy jarayonida foydalanadigan chekli son holatlarga ega bo‘lgan obyektdir. Masalan, strelka ko‘p holatlarda bo‘lishi mumkin, ammo harakatni tashkillashtirishda u diskret obyekt hisoblanadi. Haqiqatan ham, harakatni tashkillashtirishda foydalanadigan hamda mexanik tarzda qulflangan holatning biri, musbat holat deb nomlanadi va bunda strelka bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi. Strelka bo‘yicha harakatlanishga ruxsat beriladigan boshqa bir mexanik qulflangan holat strelkanings manfiy holati deb nomlanadi.
Obyektning diskret holati – diskret obyektning bir holati bo‘lib, uni davomiyligi ishlab chiqarishdagi texnomantiqiy jarayon orqali aniqlanadi.
Xabar – bo‘lishi kutilayotgan (boshqarish) yoki sodir bo‘lgan (nazorat) jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishdir. Bu ma’lumotlar bitta obyektdan (DNS yoki UVM boshqaruvidan, nazoratda esa EM obyektlaridan) boshqasiga (boshqarishda ES obyektiga, nazoratda esa DNS va UVM ga) uzatiladi. Shunday qilib, xabar bu biron bir ma’lumotni o‘zida saqlaydigan belgilar yig‘indisi va u telemexanikada har doim signal ko‘rinishda aks ettiriladi. Xabarlar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, tok kirish svetoforini yopish zarurligi haqida xabar oddiy xabardir. Birinchi strelkani musbat holatga, uchinchi strelkani manfiy holatga, beshinchi strelkani musbat holatga o‘tkazib, tok kirish svetoforni ochish haqida xabar murakkab xabar hisoblanadi.

Download 16.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling