Ma'ruza. Telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlarining asosiy atamalari Telemexanika


Download 16.55 Kb.
bet4/4
Sana08.03.2023
Hajmi16.55 Kb.
#1248944
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 2-1

Ijrochi punkt (IP) – telemexanikaning boshqaruv va nazorat qilinuvchi obyektlar joylashgan joy bo‘lib, u yerda diskret boshqaruv signallarini qabul qiladigan hamda boshqaruv punktida nazorat qilinadigan obyektlarning holati haqidagi ma’lumotni diskret signallar shaklida uzatadigan qurilmalar joylashgan.
Aniqlilik – qabul qilingan signalning (sonni) uzatilganiga mosligi darajasidir. Tushunchaning kiritilishiga sabab, tasodifiy xalaqitlar ta’siri ostida uzatilgan signalda xatolar kelib chiqishi va u noto‘g‘ri qabul qilinishi mumkin. Baho berish sonining ishonchliligi signalni to‘g‘ri qabul qilish sonli ehtimoli aniqlilik darajasiga baho berishni ta’minlaydi.
Signal uzatish turlari: telemexanika tizimlarida ikkita uzatish turidan foydalaniladi – sporadik va siklik (davriy).
Sporadik tizimlarda buyruqlar uzatilishi boshlang‘ich buyruq manbayining holati o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi, bu holat o‘zgarishi har qanday kutilmagan vaqtda bo‘lishi mumkin. Tizimlarning ko‘pcxiligida signal faqat bir marta uzatiladi, ammo ba’zi bir holatlarda signal uzatilishi bir necha bor takrorlanishi mumkin. Masalan, CHDM – 66 tizimida bir signalning uzatilishi bir necha bor takrorlanadi, to signal berilgan aniqlilik darajasi bilan qabul qilinmaguncha. Amaliyotda bunday holat kamdan-kam uchraydi va ko‘pincha signal berilgan aniqlilik darajasi bilan bittada qabul qilinadi.
Siklik tizimlarda signallar belgilangan oraliq vaqt davri (sikl deb nomlanuvchi) ichida qabul punktlarida boshlang‘ich buyruq manbayi holatida o‘zgarish bor yoki yo‘qligiga qaramay hosil bo‘ladi.
Download 16.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling