Ma'ruza. Telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlarining asosiy atamalari Telemexanika


Download 16.55 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi16.55 Kb.
#1248944
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 2-1

Diskret signal bu diskret xabarlar yuklatilgan tashuvchi.
Kod bu juda keng tushuncha bo‘lib, uning ma’nosi nima haqda ketayotganiga qarab o‘zgaradi.
Masalan, matematikada kod bu matematik obyektlarning musbat ko‘rinishdagi butun sonlar ko‘pligidir.
Telemexanik tizimning kodi – xabarni aloqa kanali orqali uzatiladigan signalga aylantirish uchun tanlangan qoidalar. Bu signal liniyali (chiziqli) deb ataladi. Liniyali signal va xabar o‘rtasida bir ma’noli va oldindan o‘rnatilgan moslik mavjud bo‘lishi kerak, bu moslik informatsion deb ataladi.
Kodli kombinatsiya – ko‘p taktli signalda sondagi raqamlarning ketma-ketligi. Ikki xonali sonlar uchun bu ketma-ketlik 1 va 0 simvollardan iborat bo‘lib, birliklar miqdori kodli kombinatsiyaning vazni deb ataladi.
Kodlash – xabarni liniyali signalga aylantirish jarayonidir. DM tizimlarida kodlashtirish 2 ta bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqichda xabar songa aylantiriladi, ikkinchi bosqichda shakllangan son liniyali signalga o‘zgartiriladi.
Dekodlash – kodlashga teskari bo‘lgan jarayondir. Bu jarayon ham 2 ta bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqichda liniyali signal songa aylantiriladi, ikkinchisida esa hosil bo‘lgan son xabarga o‘zgartiriladi.
Chiziqli (liniyali) zanjir – elektr zanjiri bo‘lib, sim, izolyator, himoya qurilmalari va shu kabilardan iborat. Bu zanjir SPDM va LPDM o‘rtasidagi aloqa kanalini tashkil etishga mo‘ljallangan.
Aloqa kanali – texnik vositalar majmuasi bo‘lib, o‘z ichiga chiziqli zanjir va qurilmalarni qamrab oladi. Ular bir yo‘la liniyali zanjir orqali bir necha signallar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holatda uzatilishini ta’minlaydi.
Xalaqitlar bu aloqa kanaliga tashqi ta’sir bo‘lib, uzatilgan xabar olingan xabarga mos emasligini, ya’ni unda xatolarni keltirib chiqaradi.
Boshqaruv punkti (RP) – telemexanikaning asbob va qurilmalarini jamlanish joyi bo‘lib, undan ijrochi punktlarga diskret boshqaruv signallari uzatiladi va nazorat qilinadigan obyektlar holati haqidagi diskret signallar qabul qilinadi. DM qurilmalarida RP lar dispetcherlik markazlashtirishning markaziy punkti (SPDM) nomini olgan.

Download 16.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling