Ma’ruza transport tarmoqlari. Transport tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy texnologiyalar: pdh, sdh, sonet va dwdm
Raqamli oqimlarni plezioxron raqamli ierarxiyada birlashtirish
Download 1.22 Mb.
|
Ma’ruza transport tarmoqlari. Transport tarmoqlarida qo’llanilad (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PRI ning standartlari
Raqamli oqimlarni plezioxron raqamli ierarxiyada birlashtirish
RUTlarining ierarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi qurilmalarni takomillashtirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish, texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda RUTlarning ikki ierarxiya turi keng tarqalgan: Yevropa va Shimoliy Аmerika. Yevropa ierarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi raqamli uzatish tizimlariga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining oʼtkazuvchanlik qobiliyati 64 kbit/s ga teng boʼlgan 30 ta kanalni shakllantiradi. Guruxli signalni uzatish tezligi 2048 kbit/s ga teng. Аncha yuqori boʼlgan satxdagi RUTlarning guruxli signallarini shakllantirishda, raqamli oqimlarni vaqtli birlashtirish usuli qoʼllaniladi.Bunday oqimlar past satxli RUTlarning qurilmalarida shakllanadi. 1-rasmdan koʼrinib turibdiki, ierarxiyaning barcha pogʼonalari uchun birlashtirish koeffitsienti 4 ga teng. Xuddi shunga oʼxshagan holda shimoliy Аmerika ierarxiyasi ham tuziladi, faqat unda birlamchi RUT sifatida IKM-24 qoʼllaniladi va ierarxiyaning turli pogʼonasi uchun birlashtirish koeffitsienti har xil. Yuqoridagi ikki ierarxiya, pleziaxron raqamli ierarxiya nomini olgan. Bunday ierarxiyada raqamli oqimlarni birlashtirish asinxron usulda amalga oshadi, yaʼni raqamli oqimlarni tezligi bir-birisidan ozgina boʼlsada, farq qiladi.Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli yuqori koʼrsatkichiga ega boʼlgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari bilan bogʼliq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish ehtiyoji tugʼildi. 1-rasm: PRI ning standartlari Plezioxron raqamli ierarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan tezliklarning uch standartini oʼz ichiga oladi. Shimoliy Аmerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (АQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital Signal of Level 1) tezligi 24 DSO (АRK) ning tezligiga mos boʼlgan 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Yaponiyada qabul qilingan ikkinchi standartda birlamchi raqamli oqimning Shimoliy Аmerika standarti, yaʼni DS1 dagi tezlikdan foydalanilgan. Yevropa va Janubiy Аmerikada qabul qilingan uchinchi standartda BRO birlamchi raqamli oqim tezligi 2048 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Bunday tezlik 32 АRK ning tezligiga toʼgʼri keladi. Аmalda 30 АRK plyus uzatish tezligi 64 kbit/s ga teng boʼlgan ikkita sinxronizatsiyalash va boshqarish kanalidan foydalaniladi.PRI ning birinchi standarti 1544 (yoki DS1)-6 312(yoki DS2)-44 736 (yoki DS3) -274 176 (yoki DS4) kbit/c (yaxlitlagan holda: 1,5-6-45-274 Mbit/s) tezliklarning ierarxik ketma-ketligini oʼz ichiga oladi. Bunday ketma-ketlik quyidagi mulьtipleksirlash koeffitsientlari qatori: DSO ning 24 signalidan DS1 signalini shakllantirish uchun n=24ga, DS1 ning 4 signalidan DS2 signalini shakllantirish uchun m=4ga, DS2 ning 7 signalidan DS3 signalini shakllantirish uchun I=7ga va DS3 ning 6 signalidan DS4 signalini shakllantirish uchun k=6ga toʼgʼri keladi. PRI ning ushbu standarti DSO (yoki АRK) ning 24,96,672 va 4032 kanalini tashkil qilishga imkon beradi.DS1-DS2-DS3-DS4 satxli raqamli signallarni odatda tegishli ravishda birlamchi raqamli kanal (oqim)-BRK(O), ikkilamchi raqamli kanal (oqim)-IRK(O), uchlamchi raqamli kanal (oqim)-URK(O) va toʼrtlamchi raqamli kanal (oqim)-TRK(O) deyiladi. PRI ning ikkinchi standarti 1 544 kbit/s tezlikka ega boʼlib, u 1 544 (yoki DS1)-6 312 (yoki DS2)-32 064 (yoki DSJ3)-97 728 (yoki DSJ4) kbit/s ketma-ketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi. Ushbu standart uchun mulьtipleksirlash koeffitsientlari tegishli ravishda n=24, m=4, I=5, k=3 ga teng. Bu ierarxiya DSO (yoki АRK) ning 24, 96, 480 va 1440 kanallarini tashkil qilishga imkon beradi. Bu yerda DSJ3 va DSJ4 signallarini 3 va 4 satxli yapon PRI ning raqamli kanallari (yoki oqimlari) deyiladi.PRI ning uchinchi standarti 2 048 kbit/s tezlikka ega boʼlib, u 2 048 (yoki Ye1: birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki Ye2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim)-34368 (yoki Ye3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki Ye4: toʼrtlamchi raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki Ye5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi, bu n=30, m=I=k=4 ga teng mulьtipleksirlash koeffitsientlariga toʼgʼri keladi. Ushbu standart tegishli ravishda 30, 120, 480, 1920 va 7680 АRKni uzatishga imkon beradi, ular odatda IKM-30, IKM-120, IKM-480 va IKM-1920 raqamli uzatish tizimlari nomi bilan ataladilar Turli standartdagi PRI raqamli oqimlarni multipleksirlash sxemasi 2-rasmda ifodalangan 2-rasm. PRI ning SHimoliy Amerika (SHAC), Yaponiya (YC) va Yevropa (YC) standartlaridagi multipleksorlash (-) va kross-multipleksirlash (---) sxemasi PRI ning uchta turli standartlarining parallel ravishda rivojlanishi jahon boʼylab ulkan telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishini toʼxtatib turganligi uchun, telekommunikatsiyalar boʼyicha Xalqaro elektr aloqa ittifoqi XTI tomonidan ularni bir xillashtirishga va imkon qadar birlashtirishga oid qadamlar qoʼyildi. Natijada shunday standart ishlab chiqildiki, unga koʼra: birinchidan, IKM va kanallarni vaqt boʼyicha ajratish asosida raqamli uzatish tizimlarini tashkil qilishda asosiy standart sifatida PRI birinchi standarti (DS1-DS2-DS3) ning uchta birinchi satxlari, ikkinchi standarti (DS1-DS2-DSJ3-DSJ4) ning toʼrtta satxlari va uchinchi standarti (E1-E2-E3-E4) ning toʼrtta satxlari standartlangan va standartlarning kross-multipleksirlash, masalan, uchinchi standartdan birinchi standartga (birinchidan ikkinchi sathga) va aksincha (uchinchidan toʼrtinchi satxga) kross-multipleksirlash sxemasi 1-rasmda koʼrsatilgan (multipleksorlash koeffitsientlari uzatish tezliklarini taqdim etuvchi bloklarning aloqa liniyalarida koʼrsatilgan);ikkinchidan, ikkinchi standartda 32 064...97 728 kbit/s (yaxlitlangan holda 32...98 Mbit/s) tarmogʼi, yaʼni birinchi standartdagi DS3 va uchinchi standartdagi E4 satxlariga parallel boʼlgan DSJ3 va DSJ4 satxlari saqlangan boʼladi. DSJ3 satx E3 satxga mos boʼladi, bu esa ikkinchi satxdan uchinchi satxga kross-multipleksirlashni osonlashtiradi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling