Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja


Download 68 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana03.12.2023
Hajmi68 Kb.
#1806295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ST 9-m Документ Microsoft Word

7. Siydik-jinsiy tizim. Toksik nefroz kabi buyraklarning zararlanishi va buyrak 
yetishmovchiligi uglevodorodlarning xlorli hosilalari, qo‘rg‘oshin, sulema, skipidar, 
etilenglikol va uning efirlari bilan o‘tkir zaharlanganda kuzatiladi. Benzolning 
aminohosilalari bilan o‘tkir zaharlanish oqibatlarida biri gemmoragik sistit bo‘lishi mumkin. 


Bariy tuzlari bilan surunkali zaharlanish dizureya bilan birga kechadi, skipidar bilan 
zaharlanganda dizuriya va gematuriya kuzatiladi.
Ayrim zaharlanishlar, ayniqsa surunkali intoksikatsiyalar jinsiy funksiyaning jiddiy 
buzilishlarini keltirib chiqaradi. Benzol va uning hosilalari, qo‘rg‘oshin, uglerod oksidi
oltingugurt uglerodi, xloropen, surma, ayrim pestitsidlar hayz siklini buzib yuboradi. 
Spermatogenezning buzilishi (azospermiya) alkogol, qo‘rg‘oshin, margimush bilan surunkali 
zaharlanganda kuzatladi. Potensiyaning pasayishi va libido uglerod oksidi, qurg‘oshin, 
margimush bilan zaharlanishga xos belgilardir. Erkaklarda jinsiy funksiyalarning o‘zgarishi 
marganes, xloropen va bora kislotasi bilan ta’sirlashganda aniqlangan. 
Suyak tizimi va uning qo‘shimchalari (pridatki). Suyak-bo‘g‘im apparatining yaqqol 
tizimli zararlanishi flyuoroz - suyaklarning toshdek qotib qolishi, paylarning 
o‘zaksizlanishida (RF, ftor vodorodli kislota tuzlari, kriolit, super-fosfatlar: elektroliz 
sexlarida (aluminiy) kuzatilgan. Bariy tuzlari bilan zaharlanganda ular suyakdan fosfor va 
kalsiyni siqib chiqaradi va jiddiy osteoporozga olib keli-shi mumkin.
Suyak to‘qimasining sayozlanishi kadmiy tuzlari bilan surunkali zaharlanishda ham 
qayd etilgan (bunda kuraklarda, bel, toz va katta boldir suyaklarida ko‘ndalang o‘ymalar 
paydo bo‘ladi) 
Sariq fosfor bilan zaharlanganda pastki jag‘ zararlanadi, qo‘rg‘oshin bilan surunkali 
zaharlanganda bolalarda suyaklarning metafizar o‘sishi izdan chiqadi.
Zaharlanishning teri va uning quyruqlarida ifodalanishi yuqorida keltirilgan 
yallig‘lanish va allergik ta’sirlar bilan chegaralanmaydi. Ayrim sanoat zaharlarining ta’siri 
terining ochiq yoki kiyim bilan ishqalanadigan qismlari giperpigmentatsiyasini keltirib 
chiqaradi (neftni qayta ishlash mahsulotlari, toshko‘mirli smola, plavikli kislotalar). 
Trinitrotoluol va dinitroxlorbenzol bilan ta’sirlanish oqibatida vaqt o‘tgani sayin kaftlar, oyoq 
kaftlari va tirnoqlarning sariq rangga bo‘yalib qoladi. Kumush teri va shilliq qavatlarda 
yig‘ilib qolib, ularni aspid-kulrangga bo‘yaydi (argiriya). Gidroxinon va uning ayrim efirlari 
terining katta-katta qismlarini rangsizlantiradi, boshqa bir efirlari leykodermiyani keltirib 
chiqaradi. Tirnoqlarning mo‘rtligi va deformatsiyalanishi oxak, kalsiy karbit, 2,4-dinitrofenol 
bilan ishlaydiganlarda uchraydi. Nikel va sement kuchli teri qichimasiga sabab bo‘ladi. Ba’zi 
bir moddalar bilan ishlaganda giperkeratoz rivojlanadi yoki sochlar kuchli to‘kiladi (antrasen, 
toshko‘mir smolasi, xloropren, trinitrotoluol, dinitro-xlorbenzol, talliy birikmalari).

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling