Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja
Zaharlarning teratogen, mutagen va kanserogen ta’siri
Download 68 Kb. Pdf ko'rish
|
ST 9-m Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teratogen ta’sir
- Mutagen ta’sir.
8. Zaharlarning teratogen, mutagen va kanserogen ta’siri
Ko‘p oylik va hattoki ko‘p yillik latent davrga ega sanoat zaharlari bilan zaharlanish oqibatlariga embriotrop yoki teratogen ta’sirlar, mutagen va kanserogen ta’sir kiradi. Teratogen ta’sir. Embrion patogen omillarga moslashish jarayonlari bilan ta’sir ko‘rsata olmaydi, shuning uchun unga nisbatan har qanday ta’sir uning to‘qimalarida o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar almashinuv jarayonlaridan tortib to‘qima elementlarining nobud bo‘lishigacha qamrab oladi. A’zolar shakllanishida barqaror buzilishlar paydo bo‘ladi, ya’ni rivojlanish nuqsonlari yoki majruhlik yuzaga keladi. Homilaning ta’sirchanligi homiladorlik muddatiga bog‘liq. Sut emizuvchilar embrionlari ayniqsa dastlabki 2 oyda yuqori ta’sirchan bo‘ladi. Kritik davrning asosiy belgisi homilaning tashqi agentlar ta’siriga yuqori ta’sirchan-ligidir. Odam embriogenezida bunday davrlar 1-2- va 3-6-haftalarga, ya’ni implantatsiya va plasentatsiya davrlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik sanoat zaharlari hayvonlar serpushtligini pasaytiradi, homilaning nobud bo‘lishini va bachadondagi rivojlanishning buzilishini keltirib chiqaradi. Dimetildioksan plasentaning hosil bo‘lishini sekin-lashtiradi, formaldegid homila va plasentada nuklein kislotalarining sintezini bo‘g‘adi. Benzin, benzol, simob va qo‘rg‘oshin bug‘laridan nafas olgan ayollarda muddatidan ilgari tug‘ruqning boshlanishi, homilaning o‘z-o‘zidan tushib qolishi, o‘lik bola tug‘ilishi kuzatilgan. Qo‘rg‘oshinli ishlab chiqarishda band ayollarda chaqaloqlarning 1 yoshga yetmasdan o‘lib qolishi holatlari ma’lum. Tamaki ishlab chiqarishida ishlaydigan ayollarda homiladorlik soni kamaygan, bola tashlash hollari kuzatilgan. Granozan bilan surunkali zaharlanish farzandlarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Mutagen ta’sir. Turli kimyoviy birikmalar bilan ishlash genetik oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Bugungi kunda ionli radiatsiyaga qaraganda ham kuchliroq bir necha yuzdan ortiq mutagenlar ma’lum. Ba’zi hollarda moddaning umumiy toksikligi va uning mutagen xossalari o‘rtasida korrelyatsiya kuzatiladi (ftoror-ganik efirlar, ditiokarbamin kislotalar, ayrim geterosiklik birikmalar). Mutagen va allergen faollik o‘rtasida ham korrelyatsiya qayd etilgan. Hujayralar guruhiga mutagen ta’sirga aldrin, geksametilentetramin, geksaxloran, DDT va h.k. kabi moddalar ega. Sanoat zaharlarining genetik xavfliligi haqida to‘laroq ma’umotlarni sichqonlarning 3 ta avlodi ustida tajribalar olib borib olish mumkin. Ba’zi mutagenlar urg‘ochilar uchun xavfliroq bo‘lsa, boshqalari erkak sichqonlarga kattaroq xavf tug‘diradi: 1,2-dixloretan ayollar jinsiy a’zolari hujayralariga kuchliroq ta’sir qiladi, formalde-gid esa erkaklar spermatogenezini zararlaydi. Hozirgi kunga kelib quyidagi kimyoviy moddalarning sut emizuvchilar avlodlari uchun genetik xavfga egaligi isbotlangan: etilenamin, simob, alfanaftilfenollar, azotli iprit, trietilenmelamin, diepoksibutan, ayrim xlororganik pestitsidlar, alkilalkansulfonatlar, qo‘rg‘oshin birikmalari, benzol, toluol, uretan. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling