Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja
Download 68 Kb. Pdf ko'rish
|
ST 9-m Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Asab tizimi.
9-ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja: 1. Asab tizimi. 2. Nafas olish tizimi. 3. Yurak-tomir tizimi. 4. Odam qon tizimi. 5. Endokrin tizim. 6. Ovqat xazm qilish tizimi. 7. Siydik-jinsiy tizim, suyak tizimi. 8. Zaharlarning teratogen, mutagen va kanserogen ta’siri. Inson organizmi bir necha hil tizimlardan iborat. Organizmni o’zini quyidagicha tasvirlash mumkin: hujayradan mushaklar, ulardan organlar, organlardan tizimlar va ulardan inson organizmi tashkil topadi. 1. Asab tizimi. Har qanday zaharlanish u yoki bu darajada asab tizimida va uning yuqori bo‘limi – miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida o‘zgarishlarga olib keladi. Shu bilan birga, kimyoviy moddalar ichida tanlab neyrotrop ta’sir qiladigan agentlar guruhini ham ajratish mumkin. Boshlang‘ich zaharning asab tizimiga ta’siri yo‘nalishiga qarab 4 ta ta’sir guruhi ajratiladi. 1) Nospesifik (noelektrolitli, narkotikli) ta’sir. Organik erituvchilarning narkotikli ta’siri ularning nerv hujayralariga osongina kira olishi bilan izohlanadi; 2) Nerv hujayralarining spesifik zararlanishi, u zaharning biologik substrat bilan kimyoviy ta’sirlashuviga asoslanadi. Nerv hujayrasiga bevosita zararlovchi ta’sirning toksik samarasi biologik substrat bilan kimyoviy ta’sirlashuvga bog‘liq; 3) Mediatorli almashinuvning spesifik blokirovkalanishi; 4) Qon aylanishining mahalliy va umumiy buzilishi yoki gipoksiya holati bilan belgilangan ikkilamchi ta’sir. Nerv to‘qimasiga kislorod yetkazib berilishining kamayishini o‘pkada gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan (bo‘g‘uvchi va qo‘zg‘atuvchi), qonda kislorod tashuvini blokirovkalaydigan (metgemoglobin hosil qiluvchi gazlar, is gazi) yoki uni to‘qimalar tomonidan utilizatsiya qilinishiga olib keladigan (sianidlar, natriy azid) zaharlar keltirib chiqaradi. Yengil zaharlanishda miya faoliyatining o‘tkir buzilishi nisbatan tez orada o‘tib ketadi, bu miyaning yuqori moslashuvchanligi bilan bog‘liq. Zahar muayyan davr davomida va muayyan kuch bilan ta’sir etganda miyadagi funksional o‘zgarishlar barqaror tus olishi mumkin. Asab tizimining turli bo‘limlarida (po‘stloq osti, po‘stloq, orqa miya, periferik organik o‘zgarishlar rivojlanadi. Neyrotrop moddalarning takroriy ta’siriga nisbatan umumiy reaksiya vegetativ-tomir distoniyasi sindromi bo‘lib, zaharlanishning dastlabki bosqichlarida pulsning o‘zgaruvchanligi, terining qizarishi, qalqonsimon bez giperfunksiyasi qayd etiladi. Zaharlar ta’siri uzoqroq davom etganda yuz beradigan asteno-vegetativ sindrom tez toliqish, mudroq, organizmning turli tizimlarining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Kuchli zaharlanishda asteno-organik sindrom va enselofalopatiya rivojlanadi: optiko-vestibulyar apparati stvolli bosh miya bo‘limlarining zararlanishi, bosh og‘rig‘i, hissiy beqarorlik, intellektning buzilishi, ruxiy buzilish. Og‘ir zaharlanishda bosh miyaning zararlanishi tetraetilqurg‘oshin, simob, xlorlangan uglevodorodlar, benzol, benzin, sianidlar va h.k.lar uchun xos. Qo‘rg‘oshin, mis, granozan, talliy, margimush, brometil bilan zaharlanganda nerv yo‘llarida og‘riqli nevritlar va polinevritlar, kesiklar va shol kuzatiladi. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling