Ma’ruza№7-2 Mexatronik harakat modullari


Download 0.68 Mb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1013928
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза7-2


Ma’ruza№7-2
Mexatronik harakat modullari

Yangi elektron texnologiyalarning rivojlanishi miniatyur (kichkina) datchiklar va signallarni qayta ishlash uchun elektron bloklarni yaratish imkonini berdi.


Harakat modullari tarkibiga ana shu miniatyur datchiklarni va elektron bloklarni kiritish bilan ularni mexatron harakat modullari (MHM)ga aylantirish mumkin.
Mexatron modullar “funktsional” kubiklar bo`lib, ulardan murakkab mexatron tizimlar qurish mumkin.
Avtomatlashtirilgan texnologik operatsiyalarning xususiyatlari ijrochi harakatlarning hosil qilinadigan kuchlanish, aniqlik va tezliklarga o`ziga xos talablar qo`yadi. Mexatron modullar o`lchamlarining minimal bo`lish talabi ularni texnologik mashinalarga o`rnatish kerakligidan kelib chiqadi.
Ularga misol qilib har xil dvigatellar va harakat o`zgartiruvchilar asosida qurilgan qurilmalarni, reduktorsiz mexatron modullarni, reduktorsiz aylanuvchi stollarni aytish mumkin.
Hozir qo`lostida bor bo`lgan seriyali ishlab chiqarayotgan komponentlardan mexatron modullarni sintez qilish texnik va iqtisodiy nosamarali yechimlarga olib keladi. Shuning uchun o`zining xizmat vazifalariga mos keladigan maxsus mexatron harakat modullarini loyihalash ratsional hisoblanadi.

MHM tarkibi 15.1-rasmda keltirilgan.



15.1-rasm. Mexatronik harakat moduli tarkibi

Ayrim bloklar tuzilishi sxemada ko`rsatilgandan farq qilishini ta`kidlash joiz. Siljish va tezlik datchiklari bilan birga MHM larda kuch datchiklari, aylanma moment datchiklarini ishlatish mumkin.


Elektryuritmali MHM lar asosan quyidagi asosiy qismlardan (bloklar) iborat:
-dvigatel, ya`ni elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi elektromexanik o`zgartirgich;
-harakat o`zgartirgichi (reduktorsiz MHM larda ular yo`q);
-harakatlanadigan zvenoni tezligini kamaytiruvchi, to`xtatuvchi va uni bir joyda ushlab turuvchi tormoz qurilmasi (ayrim hollarda bo`lmasligi ham mumkin);
-harakat o`zgartirgichlarning ayrim turlarida uchraydigan tirqishni (o`lik yo`lni) tanlash uchun mo`ljallangan lyuft tanlovchi mexanizm (ayrim hollarda bo`lmasligi ham mumkin);
-MMning chiqish zvenosiga nisbatan harakatni amalga oshiruvchi yo`naltirgich (ayrim hollarda bo`lmasligi ham mumkin);
-o`lchash, yuborish, o`zgartirish, saqlash va qayd qilish uchun qulay bo`lgan nazorat o`lchamlarini o`lchash uchun qulay signallarga aylantiruvchi hamda boshqariladigan jarayonlarga ta`sir etuvchi axborot qurilmasi.
15.2 va 15.3-rasmlarda mexatron aylanuvchi stol sxemasi berilgan. Stol dvigatel’, vertikal’ aylanish o`qiga ega bo`lgan rotor, ishlov beriladigan detal o`rnatilgan planshaybalardan iborat (15.2- rasm). Dvigatel’ rotori planshayba bilan bevosita (reduktorsiz) bog’langan. Aylanma stolning texnologik vazifasi – planshaybaga o`rnatilgan detalni pozitsiyalash yoki o`lchov va belgilash ishlarini olib borish uchun bir maromda ushlab turish uchun belgilangan dastur asosida aylantirish yoki metall kesuvchi (sverloli-frezerli-rastochkali) stanoklarda detallarga ishlov berishdir.






Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling