Ma’ruza№7-2 Mexatronik harakat modullari


-rasm. Aylanma harakatlanuvchi elektrdvigatelni chiziqli harakatlanuvchiga o`zgartirish sxemasi (


Download 0.68 Mb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1013928
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза7-2

15.8-rasm. Aylanma harakatlanuvchi elektrdvigatelni chiziqli harakatlanuvchiga o`zgartirish sxemasi (a) va uni amalga oshirish (b).
1-stator; 2-rotor; 3-elektrmagnitli blok; 4-doimiy magnit plitasi

1980-yillardan boshlab chiziqli dvigatellarni ishlab chiqish yo`lga qo`yilgan, lekin ularning past solishtirma kuch ko`rsatgichlari sababli kam sohalarda ishlatilgan (grafopostroitellar, koordanata o`lchaydigan mashinalar), avtomatlashtirilgan jihozlarda ishlatish imkoni bo`lmagan.


Mexatron yondoshish asosida yuqori momentli dvigatellar bazasida aylanma harakat modullarini yaratish oxirgi yillarda chiziqli harakat qiluvchi modullarda ham o`z rivojini topdi. Bunday loyihalashning maqsadi yuqoridagisiga o`xshash –MHM tarkibidan mexanik uzatmalarni olib tashlash.
Chiziqli yuqori momentli dvigatellar asosida yaratilgan mexatronik harakat modullari geksapodlar, yuqori tezlikli stanoklar (ko`p maqsadli, frezerli, shlifovkalaydigan), suv oqimi va lazer yordamida kesish komplekslari, yordamchi uskunalar (krest stollar, transporterlar)da ishlatiladi.
Ularning afzalliklari:

  • Maksimal tezlikning (150-210 m/min) va tezlanishning (kelajakda 5g gacha) bir necha marta oshishi;

  • Harakatlar amalga oshirishning o`ta aniqligi;

  • Statik va dinamik qattiqlik (jestkost)ning yuqoriligi;

Shu bilan birga chiziqli yuqori momentli dvigatellarni loyihalash va tadbiq etishning muammolari bor: narxining qimmatligi, sovutish tizimining ishlatilish lozimligi (havo yoki suyuqlikli), modulning nisbatan uncha katta bo`lmagan F.I.K. va boshqalar.









15.9-rasm. CTS kompaniyasining (Italiya) chiziqli harakatlanish moduli

Bu chiziqli modul ikkitalik sharikli podshipniklar bilan jihozlangan va uning maxsus rolikka ega relsli yo`naltiruvchisi bor. Bu roliklar moylashni talab qilmaydi, shuning uchun ifloslangan muhitda (chang, strujka) yoki moylash zarar etkazadigan muhitlarda (qog’oz yoki mato) ishlatiladi. Modul a`lo xarakteristikaga va yuqori aniqlikka ega, hamda ishining silliqligi bilan ajralib turadi.





Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling