Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat
qilish
jarayonidir.
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‗g‗ri amalga oshirishni va ishchan
qarorni qabul qilishni o‗rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari
sharoitida barcha bo‗g‗inlarda ishlay oladigan yuqori malakali
boshqaruvchilarni
tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan xolda bu fan quyidagilarni o‗rganadi:
boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqarish obyekti va subyekti;
boshqarish tamoyillari va usullari; boshqarish madaniyati;
menejer va uning fazilatlari; menejer reytingi;
boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqarish funktsiyalari;
xodimlarni boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish; samaradorlikni boshqarish;
o‗z-o‗zini boshqarish; xududiy boshqarish va xokazolar.
Fanni o‗qitish talabalarda boshqarish
muammolariga nisbatan qiziqish uyg‗otish,
amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq
tug‗dirishdan iborat.
Chunki xozir boshqarish
asoslarini o‗rganayotgan talabalar kelgusida
boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‗rta,
katta jamoalarning rahbarlari, korxona va
firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik
faoliyatining turli tomonlarini boshqarish
bo‗yicha loyixalar, tadbirlar ishlab chiqishga
da‘vat etilgan mutaxassislar bo‗lib yetishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan
tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga
tushadi.