Ma’ruzachi: Meditsina reabilitatsiyasi, fizioterapiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri


Sport fiziologiyasida asosan bo’ladigan o’zgarishlar quyidagi organlar sistemasida kuzatiladi


Download 402.75 Kb.
bet3/7
Sana31.03.2023
Hajmi402.75 Kb.
#1313426
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
лекция №2

Sport fiziologiyasida asosan bo’ladigan o’zgarishlar quyidagi organlar sistemasida kuzatiladi:

Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baholash
Martine sinamasi
(30 sekund davomida 20 marta o’tirib turish)
Martine sinamasi – 30 sekund davomida 20 marta to‘liq o‘tirib-turish. Sinamagacha tekshiriluvchining pulsi har 10 sekunda stabillashguncha o‘lchanadi (bir xil son 3 marta ketma-ket qaytarilguncha), so‘ngra qon bosimi o‘lchanadi. Keyin manjetani echmasdan, tekshiriluvchi 30 sekund davomida 20 marta to‘liq-o‘tirib turadi. O‘tirish vaqtida qo‘llarini oldinga ko‘taradi. Bajarilib bo‘linganidan so‘ng, tekshiriluvchi joyiga tezlik bilan o‘tiradi tiklanish davrining 1 minutining 1-10 sekundida puls, keyingi 40 sekund davomida qon bosim o‘lchanadi. 1-minutning 50-sekundidan boshlab har 10 sekund davomida puls o‘lchab boriladi, toki tiklanib stabillashguncha. Shundan so‘ng qon bosim o‘lchanadi. Ko‘rsatkichlar maxsus jadvalga yoziladi va o‘rganilib, xulosa qilinadi.
Bu sinama yordamida yurak-qon tomir sistemasi tomonidan berilayotgan jismoniy yuklamaga quyidagi 5 xil javob reaksiya tiplari aniqlanadi:
1. Normotonik
2. Gipotonik
3. Gipertonik
4. Distonik
5. Maksimal qon bosimining pog‘anasimon ko‘tarilishi
Nafas sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar

Shtange sinamasi
– nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi.


Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda nafasni ushlab turish vaqti 40 – 50 sekund, shug‘ullanuvchi sportchilarda 60 sekunddan to 2 – 2,5 minutgacha va undan ortiq davom etadi.

Download 402.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling