Ma’ruzachi: Meditsina reabilitatsiyasi, fizioterapiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri


Download 402.75 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi402.75 Kb.
#1313426
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
лекция №2

Klinoortostatik sinama
– tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi vertikal holatda o‘lchanadi, aste-sekin gorizontal holatga o‘tkazilib, pulsi va qon bosimi o‘lchanadi.
Vegetativ nerv sistemasining parasimpatik bo‘limining tonusi ortadi va yurak qisqarish soni kamayadi, normada minutiga 6 urishgacha.
Sport gigienasi
Gigiena – bu hayot va mehnatning inson salomatligiga ta'sirini o'rganadigan va kasalliklarning oldini olish, maqbul yashash sharoitlarini ta'minlash, salomatlikni saqlash va umrini uzaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar (sanitariya normalari va qoidalari) ishlab chiqadigan tibbiyot sohasi.
Tozalik, insonning o’ziga e’tibori va gigienasi – bu salomatlik, go’zallik va jismoniy rivojlanishga quyilgan ilk qadamdir.
Gigiena va uning asosiy vazifalari
Gigiena hamda tashqi muhitning tabiiy sharoiti (quyosh nurlarining, havoning, suvning ta’siri) jismoniy tarbiyaning vositalari bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya faqat jismoniy mashqlarni sport, gimnastika, harakatli o‘yinlar va boshqa shakllar bilan cheklanib qolmasdan, balki umumiy va shaxsiy mehnat va maishiy gigienasini, tabiatning tabiiy omillarini qo‘llashni, ishlash va dam olishning to‘g‘ri rejimini o‘z ichiga olashi kerak.
Gigienaning asosiy vazifalari:
-insonlarning salomatligiga va ish bajarish qobiliyatiga tashqi muhit ta’sirini o‘rganish;
-tashqi muhitni sog‘lomlashtirish va zararli ta’sir omillarini yo‘qotish bo‘yicha gigienik me’yorlarni, qoidalarni va tadbirlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslash;
-organizmning salomatligi va jismoniy rivojlanganligini yaxshilash, ish bajarish qobiliyatini oshirish maqsadida tashqi muhitning zararli omillarining ta’siriga organizmning qarshiligini oshirish bo‘yicha gigienik me’yorlarni, qoidalarni va tadbirlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslash;
Sanitariya – gigiena talablarini amaliy amalga oshirish, zaruriy gigienik qoida va tadbirlarni bajarishdir.
Gigienaning rivojlanishi bir qator gigienik fanlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, jumladan:mehnat gigienasi, ijtimoiy gigiena, bolalar va o‘smirlar gigienasi, jismoniy tarbiya va sport gigienasi va h.z.

Download 402.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling