Ma’ruzachi: Meditsina reabilitatsiyasi, fizioterapiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri


Download 402.75 Kb.
bet4/7
Sana31.03.2023
Hajmi402.75 Kb.
#1313426
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
лекция №2

Genchi sinamasi
– nafas chiqariladi va nafas olmay turish vaqti belgilanadi.

Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda nafasni ushlab turish vaqti 20 – 30 sekund, shug‘ullanuvchi sportchilarda 30 sekunddan to 90 sekundgacha va undan ortiq davom etadi.
Serkin (ko‘p bosqichli) sinamasi
  • -nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;
  • -30 sekund davomida 20 marta o‘tirib turiladi, nafas olib ushlanadi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;
  • -1 minutdan so‘ng 1-bosqich qaytariladi.

  • Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda nafasni ushlab turish vaqti 2-bosqichida 1-bosqichdagi vaqtning 30-50%ni, 3-bosqichda esa 70-100%ni tashkil etadi. Shug‘ullanuvchilarda nafasni ushlab turish vaqti 2-bosqichida 1-bosqichdagi vaqtning 50%ni va undan ortiq, 3-bosqichda esa 100%ni va undan ortig‘ini tashkil etadi.

Rozental sinamasi
- o‘pkaning tiriklik sig‘imi 5 marta ketma-ket 15 sekundlik pauzalar bilan o‘lchanadi.
Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda olingan ko‘rsatkichlar o‘zgarmaydi yoki ortadi, shug‘ullanuvchi sportchilarda olingan ko‘rsatkichlar ortib boradi.
Shug‘ullanuvchilarda qon-tomir va nafas tizimlarida o‘zgarishlar yoki kasalliklar bo‘lganida, shug‘ullanuvuchilarning nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarning charchashida, asab sistemasining fnuksional holatining pasayishi vaqtida yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar pasayish tomoniga o‘zgaradi.
Vegetativ nerv sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar
Ortostatik sinama
– tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi gorizontal holatda o‘lchanadi, astа-sekin vertikal holatga o‘tkazilib, darhol pulsi va qon bosimi o‘lchanadi, 1 minutdan so‘ng yana pulsi va qon bosimi o‘lchanadi.
Vegetativ nerv sistemasining simpatik bo‘limining normal qo‘zg‘alishida yurakning qisqarishi olingan ko‘rsatkichga nisbatan 18-27% ga ortadi. Ko‘rsatkich bundan ham ortib ketishi shug‘ullanmaydiganlarda giperterioz, yurak-qon tomir etishmovchiligida, shug‘ullanuvchilarda esa xaddan tashqari shug‘ullanishda, shug‘ullanishdan keyingi birinchi soatlarda kuzatiladi. Arterial qon bosimi ham ortish tomonga o‘zgaradi (sistolik – 10 mm. sim. ust. va diastolik – 5 mm.sim.ust.).

Download 402.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling