Hind Yozuvi – mil.avv. 3 – 2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi – rasmdan iborat YOzuv bo’lgan. Xind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib,olimlarning fikricha bu YOzuvlar SHumer va Misr YOzuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan. Xindlar birinchi bo’lib er.avv.3-2 ming yillikda xisob soniga «0» raqamini kiritgan. Hind YOzuvi taxminan 400 yoki 250 – 300 belgi – rasmdan iborat bo’lgan SHumer va Xett YOzuviga o’xshatiladi. Mil.avv. V – asrdan boshlab braxmi, kxaroshtxi, aramey, gupta YOzuvidan foydalanganlar.
Xitoy Yozuvi – bundan 3,5 – 4 ming yil avval kashf etilgan Xitoy ieroglifi dastlab SHan In davrida mil.avv. 2 – ming yillikda kashf etilgan , shunda YOzuvlarning turi 2 mingga yaqin bo’lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga etgan. Hozirgacha qisman o’zgarishsiz saqlangan. Dastlab Xitoyliklar suyak, yog’och, cho’p, teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan , V – asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar.
Krit – Mikenda mil.avv. 3 – 2 ming yilliklarda – chiziqli YOzuv mavjud bo’lgan, “A” va “B” chiziqli xatga ega bo’lgan. Bu YOzuvni 1953 yilda ingliz olimlari Ventris va CHadvik “B” chiziqli Krit YOzuvlarini o’qishga muvaffaq bo’lgan.
Etrusk, Osk, Lotin YOzuvlari mil.avv. VIII – VII asrlarda yaratilgan.
“Avesto” (qat’iy qonunlar ma’nosida) miloddan avvalgi IV –asrda to’planib , 21 ta kitob qilinadi , matnlarga yozilgan tafsirlar “Zand” deb ataladi , Xorazm zaminida kitob xolatiga keltirilgan.
“Avesto” ning ayrim qismlarini Fransuz olimi A.Dyuperron tarjima qilishga muvaffaq bo’lgan.
“Avesto”ga ko’ra Markaziy Osiyodagi ijtimoiy tuzum:
Mil.avv. I – ming yillik boshlarida aholi 4 guruxga bo’lingan :
1.Koxin (ruxoniylar);
2.Jangchilar;
3.Dehqonlar;
4.Xunarmandlar;
“Avesto”ga ko’ra ma’muriy tuzilish:
Nmana – Katta patriarxal oila (mahalla);
Vis – urug’ jamoasi (qishloq);
Varzana – hududiy qo’shnichilik jamoasi (tuman);
Zantu – qabila (viloyat);
Dahyu – qabilalar ittifoqi (davlat);
Do'stlaringiz bilan baham: |