7.3.Biznes jarayonlarida majburiyatlarni baholash
Mahsulot(ish, xizmat)larning sotish bahosi ularning tannarxiga bog‘liq holda shakllantiriladi. Natijada ishlab chiqarishning rentabelligi tannarxga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun menejerlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini boshqarishga doimiy e’tibor qaratishlari, baholashning asosiy tamoyillari – reallik va birlik – hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Baholashning boshqa usullari mulklar va majburiyatlarning turlariga bog‘liq. Chunonchi asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarish dastlabki qiymati bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralar(xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni sarflashda quyidagi ikkita baholash usulidan bittasi qo‘llaniladi:
1. O‘rtacha haqiqiy tannarx bo‘yicha
2. FIFO usuli bo‘yicha
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish zaxiralarini baholashning quyidagi usullaridan ham foydalaniladi:
1. Keyingi partiyani kirimga olib, birinchisini sarflash (LIFO) usuli
2. Bazis usuli va boshqalar.
8-ma’ruza: MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXINI KALKULYATSIYALASH
Reja:
8.1.Kalkulyatsiyaning mohiyati, ahamiyati va vazifalari
8.2.Xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash usullari
Tayanch iboralar:
Kalkulyasiya, tannarx, kalkulyatsiya, kalkulyatsiya ob’yekti, kalkulyasiya birligi, xarajat moddasi, xarajat elementi, davr xarajatlari, reja kalkulyatsiyasi, normativ kalkulyatsiyasi, kutilayotgan (provizor) kalkulyatsiyasi, hisobot kalkulyatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |