Ma’ruzalar 3-124
Buxgalteriya hisobi va audit
| |||
|
|
|
|
|
|
|
Tovarlar |
|
1-chizma. Baholanadigan asosiy hisob ob’yektlari.
Boshqa baholash usullarini qo‘llashning zarurati yeng avvalo inflyasiya jarayonlari bilan bog‘liq. Shuning uchun baholashning boshqacha usullaridan foydalanish dastlabki bahoni real mahsulot, ish va xizmatlarni takror ishlab chiqarish xarajatlarining hozirgi holatiga yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo‘jalik yurituvchi sub’yekt ob’yektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan:
haqiqiy sotib olish qiymati;
tiklash qiymati, ya’ni tegishli aktivlar turlarining, ularni hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati;
normal bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy faoliyati sharoitida sotish mumkin bo‘lgan baho;
diskontlangan qiymat.
Diskontlangan qiymat muayyan aktivni foydalanishdan yaqin kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig‘indisidan iborat. Ayrim hisob ob’yektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisobga qo‘yishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo‘jalik muomalalarining ommaviy tavsifga ega yekanligi hisoblanadi. Bular asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xom-ashyo, asosiy materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Ma’lumki, ularning joriy hisobi har kuni yuritilib, xo‘jalik muomalalari ko‘p miqdorda sodir bo‘lganida sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va berish paytida darhol schyo‘tlarda aks ettirish imkoni hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan, ishlab chiqarish zahiralarining harakati to‘g‘risida aniq va to‘liq axborotga ega bo‘linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining negizida qat’iy hisob baholarining mazkur zahiralar haqiqiy qiymatidan chetga chiqishining o‘rtacha foizini aniqlash yotadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi “Aktivlar va majburiyatlarni baholash”ga muvofiq:
“Tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi (realizasiya qilishning sof qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ularning boshlang‘ich (qayta tiklanish) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to‘liq qoplanguniga yoki obyekt hisobdan chiqib ketguniga qadar eskirishni (amortizasiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizasiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati amortizasiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Majburiyatlar taraflarning kelishuviga muvofiq pulda ifodalangan holda aks ettiriladi.
Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi.
Shartli aktivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash byudjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi milliy valyutada — so‘mda yuritiladi”.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar joriy hisobda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan xo‘jalik muomalalarining mazmunidan kelib chiqadigan summalarda ko‘rsatiladi.
Ayrim hisob ob’yektlari bo‘yicha ularning dastlabki, nominal bahosi real bahosidan yuqori bo‘lgan hollarda bunday ob’yekt-larning qiymati balansda real bahoda aks ettirilishi lozim.
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda baholash iqtisodiy hodisalarni pul o‘lchovida ifodalash usulidir.
Alohida hisob ob’yektlarining real bahosini noto‘g‘ri hisoblash natijasida iqtisodiy hodisalar faktlari noto‘g‘ri sharhlanadi (interpretasiyalanadi). Keyinchalik ularni umumlashtirish esa korxona boshqaruv xodimlari tomonidan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi.
Shunday qilib, haqiqiy tannarx mulklar va majburiyatlarni baholashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Uning ko‘lami muayyan nomdagi mahsulot, bajarilgan ish yoki xizmat turini ishlab chiqarish hamda sotish xarajatlarining pulda ifodalanishini bildiradi. Tannarx shakllanishi ichki xo‘jalik hisob-kitobini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Download 237.88 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling