Ma’ruzalar 3-124


Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot


Download 237.88 Kb.
bet56/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

9.2.Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xati korxonaning hisob siyosatini yoritishi, uning mulkiy va moliyaviy holatini haqiqiy baxolash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar bilan hisobotdan foydalanuvchilarni ta’minlashi lozim.
Tushuntirish xatida korxonaning moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobini yuritish qoidalaridan kelib chiqqan holda tuzilganligi ko‘rsatilishi lozim (ayrim chetlanishlarni ham ko‘rsatilib). Tushuntirish xatida har bir qoidadan chetlanishlarning sababi va natijasi alohida ko‘rsatiladi.
Tushuntirish xati odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq anglab yetish va ularni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy hisoboti bilan qiyoslashga yordam beradi.
Umuman, tushuntirish xatida quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar yoritilishi lozim:

  • Korxonaning ijro va nazorat organlari tarkibining a’zolari (sharifi va mansabi) va ularga hisobot davrida to‘langan mukofot va boshqa imtiyozlar.

  • Hisobot davrida ishlovchilarning urtacha yillik soni, shu jumladan asosiy toifalar bo‘yicha.

  • Ayrim nomoddiy aktivlar eskirishini ko‘rsatgan holda ularni hisobot davr oxiriga davr boshiga nisbatan o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot.

  • Ayrim moliyaviy qo‘yilmalarning hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot.

  • Ishlab chiqarish xarajatlari (muomila xarajatlari)ning tarkibi to‘g‘risida ma’lumot.

  • Davr xarajatlarining tarkibi to‘g‘risida ma’lumot.

  • Har qanday ta’minlangan majburiyatlarning berilishi va olinishi, korxona to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumot.

  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejalari bajarilishining tahlili.

  • Korxonaning hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyatidagi kamchiliklar va ularni bartaraf qilish tadbirlari.

Tushuntirish xati korxona rahbari, tegishli mutaxassislar tomonidan imzolanib moliyaviy hisobot bilan tegishli idoralarga taqdim etiladi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi “Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot”ga muvofiqAsosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi sub’yekti konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi.
Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Ushbu modda talablari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va byudjet tashkilotlarining jamlanma moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi”.



Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling