Ma’ruzalar 3-124


-ma’ruza: BUXGALTERIYA (MOLIYAVIY) HISOBOTI


Download 237.88 Kb.
bet54/75
Sana06.05.2023
Hajmi237.88 Kb.
#1434717
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit

9-ma’ruza: BUXGALTERIYA (MOLIYAVIY) HISOBOTI
Reja:
9.1.Moliyaviy hisobot, tuzish va taqdim etish
9.2.Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot
Tayanch iboralar:
Hisobot, buxgalteriya balansi, aktivlar, oborot aktivlar, majburiyatlar, qisqa muddatli majburiyatlar, uzoq muddatli majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar, xarajatlar, hisobot sanasi, hisobot davri.

9.1.Moliyaviy hisobot, tuzish va taqdim etish
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’yektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl);
pul oqimlari haqidagi hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl);
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’yekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Buxgalteriya (moliyaviy) hisobot elementlari (unsurlari) bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Aktivlar – sub’yekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Majburiyatlar – shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlar.
Xususiy kapital – sub’yektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Xususiy kapital, ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Rezervlar – kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo‘lgan xususiy kapitalning bir qismidir.
Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir.
Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir.
Moliyaviy natijalar - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlanishi, tuzilishi, ma’lumotlarni aks ettirilishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Hisoblash. Aktivlar, passivlar, xususiy kapital, xo‘jalik operasiyalari va vokealar, daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va amalga oshish davriga (yoki haqikatda olingan davriga), pul mablag‘larini olish yoki to‘lash davriga emas, moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.

  2. Ikki yoklama yozuv usulida hisob-kitoblarni yuritish. Xo‘jalik yuritish sub’yektlarni buxgalteriya operasiyalarini ikki yoklama yozuv tizimi (bir schyotni debeti va ikkinchi schyotning krediti bo‘yicha) asosida qayd etilish kerak.

  3. Uzluksizlik. Xo‘jalik yurituvchi sub’yekti uzluksiz ishlaydigan, ya’ni kelajakda ishlarni davom ettiradigan sub’yekt deb hisoblanadi, uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb karaladi.

  4. Xo‘jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarni pul bilan baxolash. Barcha xo‘jalik operasiyalari, vokealar, aktivlar va passivlar bir xil birlikda – pul bilan baxolanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasida pul birligi so‘m va tiyin bo‘lib hisoblanadi.

  5. Ishonchlilik. Axborot, unda jiddiy va taxminlar bulmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, tayanishsa ishonchli hisoblanadi. Operasiyalar yoki voqyealarning ishonchliligi odatda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.

  6. Extiyotkorlik. Moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlar narxining oshirilib yuborilishiga, majburiyatlar va xarajatlar yetarlicha baxolanmasligiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Bu yashirish zaxiralarni barpo etish va ta’minotni oshirib ko‘rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirish yoki oshirib ko‘rsatishga huquq bermaydi.

  7. Mazmunning shakldan ustunligi. Agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operasiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirilsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.

  8. Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo‘lishi kerak.

  9. Moliyaviy hisobotning xolisligi (betaraflik). Moliyaviy hisobotning ishonchliligini ta’minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan (taxminlardan) xoli bo‘lishi kerak.

  10. Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi. Bu ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettirilishini bildiradi.

  11. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baxosi. Ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy baxodir. Andozalarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baxo sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.

  12. Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborot foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda bo‘lishi lozim.

  13. Ahamiyatlilik. Moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning extiyojlarini qondirish va ularga operasion, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga baxo berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.

  14. Jiddiylik (muhimlik). Agar axborotning tushirib koldirilishi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa, bunday axborot jiddiy (muhim) hisoblanadi.

  15. Tugallanganlik (tugallik). Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot yetarlicha to‘la xajmda taqdim etilishi kerak.

  16. Izchillik. Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’yektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlarini uning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar tamoyillarini aniqlash uchun kiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.

  17. O‘z vaqtida taqdim etish (zamonaviy). Axborot o‘z vaqtida berilgan takdirdagina u foydali bo‘ladi. Agar moliyaviy hisobotlar undan foydalanuvchilar tasavvuriga tuzilgan vaqtdan keyin okilona vaqt ichida taqdim etilmasa, uning foydasi qolmaydi.

  18. Xolislik. Moliyaviy hisobot sub’yektning moliyaviy ahvolini, uning faoliyati moliyaviy natijalarini va pul mablag‘larining harakatini xolisona ko‘rsatishi lozim.


Download 237.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling